12 010.430 so‘m

increase

14.290

14 088.230 so‘m

increase

37.150

151.250 so‘m

increase

2.710

12 010.430 so‘m

increase

14.290

2 soat avval
Bozor
33

Noyabr oyida avtomobil bozorida savdolar hajmi 6 foizga oʻsdi

Noyabr oyida Oʻzbekistonda avtotransport vositalari savdosi 101,1 ming donani tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga yuqori. Asosiy oʻsish birlamchi avtomobil bozori hissasiga toʻgʻri keldi.

Noyabr oyida avtomobil bozorida savdolar hajmi 6 foizga oʻsdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Noyabr oyida avtotransport vositalarining barcha toifalari boʻyicha jami savdolar hajmi 101,1 ming donani tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga yuqori. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida maʼlum qilingan.

Hududlar kesimida yengil avtomobillar savdosi oʻsish surʼatlari boʻyicha Toshkent shahri (+33,7 foiz) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (+8 foiz) yetakchi boʻldi.

Birlamchi avtomobil bozorida noyabr oyida yengil avtomobillar savdosi yillik hisobda 15 foizga oshdi. Natijada, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 4,4 mingta avtomobil koʻproq sotildi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida realizatsiya hajmi taxminan 30 ming donani tashkil etib, yillik hisobda 13,6 foizga oʻsdi. Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi esa qariyb 5 ming donaga yetdi va oʻtgan yil noyabriga nisbatan 22,5 foizga yuqori koʻrsatkich qayd etildi.

Ikkilamchi avtomobil bozorida esa noyabr oyida taxminan 52 mingta foydalanilgan yengil avtomobil sotildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga kam.

Shu bilan birga, poytaxtda foydalanilgan avtomobillar savdosi sezilarli darajada faollashdi: realizatsiya hajmi 1,4 barobarga oshib, oʻtgan yil noyabriga nisbatan 3,4 mingta avtomobilga koʻpaydi.

Bundan tashqari, ikkilamchi bozorda elektromobillar savdosi yillik hisobda 1,8 barobarga oshdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+