12 048.040 so‘m

decrease

-51.140

14 062.470 so‘m

decrease

-71.790

153.280 so‘m

decrease

-0.540

12 048.040 so‘m

decrease

-51.140

10 soat avval
Iqtisodiyot
37

NKMK 2025 yilda $11,3 mlrdlik mahsulot ishlab chiqarib, 98,18 tonna oltin qazib oldi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025 yilda 98,18 tonna oltin ishlab chiqarib, jami 135,6 trln soʻmlik (taxminan $11,3 mlrd) mahsulot yaratdi. 

Oldingi yilga nisbatan mahsulot qiymati soʻm hisobida 44,7 foizga oshgan boʻlsa-da, oltin ishlab chiqarishning jismoniy hajmi atigi 2,1 foizga koʻpaydi.

NKMK 2025 yilda $11,3 mlrdlik mahsulot ishlab chiqarib, 98,18 tonna oltin qazib oldi
Foto: AI/Pinkod.uz

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) 2025 yilda 98,18 tonna oltin ishlab chiqardi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.

2025 yilda NKMK 135,6 trln soʻmlik ($11,3 mlrd) mahsulot ishlab chiqardi. Oldingi yilga nisbatan mahsulot qiymati soʻm hisobida 44,7 foizga oshdi. Shu bilan birga, oltinning jismoniy ishlab chiqarish hajmi atigi 2,1 foizga koʻpaydi — 3,09 mln (96,14 tonna) dan 3,15 mln troya unsiyasigacha (98,18 tonna).

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, bitta troya unsiyasining oʻrtacha qiymati 43 mln soʻmdan yoki Markaziy bankning oʻtgan yil oxiridagi rasmiy kursi boʻyicha $3580 dan oshdi.

Kombinat investitsiya dasturi doirasida $561 mln mablagʻni oʻzlashtirdi, bu 2024 yildagiga ($790 mln) nisbatan qariyb 29 foizga kam. Shunga qaramay, yangi investitsiya loyihalari va mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga yaratilgan yangi ish oʻrinlari soni taxminan toʻrt barobarga oshib, 2,6 mingdan oshdi.

NKMKda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish hajmi 1,4 trln soʻmni tashkil etdi (+45,6%). Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi boʻyicha xaridlar esa 17,7 foizga oshib, 7,3 trln soʻmga yetdi.

Oʻtgan yil oxiriga kelib “Muruntov” konini oʻzlashtirish boʻyicha “V navbat, 1-bosqich” investitsiya loyihasi toʻliq amalga oshirildi. Loyiha doirasida $734 mln miqdorida investitsiyalar jalb qilindi, texnologik va konchilik uskunalari yetkazib berildi, qurilish-montaj ishlari bajarildi. Kon hududida 6 ta podstansiya, 15 ta transformator qurildi, 50 km elektr uzatish liniyalari, 4 km temir yoʻl va 3 km konveyer liniyalari yotqizildi.

2025 yilning birinchi yarmida NKMKning moliyaviy koʻrsatkichlari “qulay bozor konʼyunkturasi va realizatsiya hajmlarining oshishi” hisobiga rekord darajaga yetdi. Kompaniya $4,7 mlrd daromad oldi (+40,9%) va $1,51 mlrd sof foyda koʻrsatdi (+71,8%).


Avvalroq Pinkod NKMK Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyada ikkita IPO oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida yozgan edi

Davlat korxonasi qarzlarni ham hisobga olgan holda taxminan 20 milliard dollarlik baholashga erishishni kutmoqda.

Ayni paytda Navoiy kon metallurgiya kombinatining IPO’si kechikishi aytilmoqda. Hukumat ushbu bitim oltin qazib oluvchi kompaniyaning davlat byudjetiga toʻlaydigan salmoqli dividendlarini kamaytirishi mumkinligidan xavotirda, deya yozgan Bloomberg.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+