12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

4 kun avval
Iqtisodiyot

Nega aksiyalar Tramp tariflardagi tartibsizliklarga qaramay oʻsishda davom etmoqda?

Trampning keskin tarif siyosati, ish oʻrinlari bozoridagi pasayish va iqtisodiy noaniqliklarga qaramay, AQSh aksiyalari rekord darajada oʻsishda davom etmoqda.

Nega aksiyalar Tramp tariflardagi tartibsizliklarga qaramay oʻsishda davom etmoqda?
Foto: AI / Pinkod.uz

Soʻnggi kunlarda AQSh boshqa davlatlarga nisbatan import tariflarini oshirishda davom etmoqda. Biroq shunga qaramasdan fond bozorlarii qulamayapti, aksincha oʻsishda davom etmoqda. Xoʻsh, buning sababi nimada?

Tariflar ortida kelayotgan iqtisodiy toʻsiqlarga qaramay, S&P 500 indeksi shu yil boshidan buyon deyarli 8 foizga oʻsdi. Bu oʻsish qancha davom etishi AQSh iqtisodiyoti Tramp boshlab bergan global savdo tizimidagi keskin oʻzgarishlarga qanchalik chidashiga bogʻliq.

Odatda, aksiyalar narxi kompaniyalarning kelajakdagi foydasiga qarab shakllanadi. Soʻnggi haftalarda koʻplab kompaniyalar kutilganidan yaxshi natijalar eʼlon qildi. Bunga misol sifatida Appleʼning rekord darajada daromad va foydasini keltirish mumkin. 

Tahlilchilar esa yaqin uch oy uchun prognozlarini ham oshirdi. Bozor baholari tarixiy oʻrtachadan yuqori, lekin optimistlar buni sunʼiy intellekt inqilobidan katta foyda koʻradigan texnologiya kompaniyalari bilan izohlaydi.

Soʻnggi besh yilda AQSh iqtisodiyoti oʻrtacha 2,8% ga oʻsdi, COVID-19 inqirozidan tiklandi, eng keskin foiz stavkalari oshishiga ham bardosh berdi va global savdo tartibi oʻzgarayotgan bir paytda ham barqaror qoldi. Pandemiya davridagi katta yordam pullari va past foiz stavkalari bunga yordam berdi.

Biroq kelajak noaniq. Trampning soliqlarni pasaytirishi va mudofaa xarajatlarini oshirishi iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishi kutilmoqda, ammo koʻpchilik iqtisodchilar tariflardan keladigan salbiy taʼsir bundan kattaroq boʻlishini aytmoqda.

Tariflar oʻrtacha stavkani 2,5% dan qariyb 20% gacha koʻtarishi mumkin, bu esa aslida yashirin soliqdir. 

Bu yil tariflardan tushadigan 300 milliard dollar amerikaliklarning choʻntagidan chiqadi. Bundan ham xavflisi biznes va investorlar uchun davomli noaniqlikdir

Tramp farmatsevtika va yarimoʻtkazgichlarga ham yangi tariflar qoʻyishni rejalashtiryapti. Xitoy bilan tuzilgan vaqtinchalik kelishuv esa 12 avgustdan soʻng tugashi mumkin, natijada ayrim tovarlarga tariflar 145% gacha qaytarilishi ehtimoli bor.

Bozorlar aprel oyidagi dastlabki tarif eʼlonlariga salbiy reaksiya bildirgan edi, ammo hozir aksiyalar narxi koʻtarilmoqda. Investorlar iqtisodiyot buni koʻtara oladi deb oʻylashi yoki Federal rezerv stavkalarni tez orada tushiradi, deb kutayotgan boʻlishi mumkin.

Asl sinov kuzda boʻladi. Yangi tariflar bilan kelgan mahsulotlar narx oshishini keltirib chiqarsa, bu inflyatsiyani kuchaytirishi, xaridorlarning kayfiyatini buzishi va inqiroz xavfini oshirishi mumkin. Eng yomon holatda esa, 1970 yillardagi "stagflyatsiya" qaytishi ehtimoli ham bor.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+