12 055.900 so‘m

increase

44.250

13 572.530 so‘m

increase

109.870

144.160 so‘m

increase

0.990

12 055.900 so‘m

increase

44.250

27-avgust, 14:33
Bank
672

Navfal Poʻlatov Asakabank boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

U bunga qadar bank bosh ofisining Yuridik departamentiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Navfal Poʻlatov Asakabank boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Bu haqda Bankxabar Telegram kanali xabar berdi.

Navfal Poʻlatov 1971 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 1993 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha huquqshunos, bank va moliya yoʻnalishida magistr darajasiga ega.

Poʻlatov mehnat faoliyatini 1993 yilda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida boshlagan. Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi hamda mahalliy va xorijiy kompaniyalarda ishlagan.

U 1999–2000 va 2005–2012 yillarda Asakabankning yuridik tuzilmalariga rahbarlik qilgan. 2018–2021 yillarda Oʻzmilliybank Yuridik xizmati departamenti direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2021 yil 1 fevraldan buyon Poʻlatov Asakabank bosh ofisi Yuridik departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+