12 136.920 so‘m

increase

14.850

14 191.700 so‘m

increase

4.030

159.990 so‘m

increase

3.600

12 136.920 so‘m

increase

14.850

3 soat avval
Bozor
46

Narxlar oʻsishi: 2025 yilda Oʻzbekistonda uy-joy bozori qanday oʻzgardi?

2025 yilda Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozori barqaror oʻsishni namoyish etdi. Respublika boʻyicha uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 15 foizdan ortiq oshdi, ikkilamchi bozorda narxlar oʻrtacha 8 foizga tezlashdi. Toshkent shahrida esa birlamchi uy-joy narxlari 9 foizdan koʻproqqa koʻtarilib, poytaxt umumiy savdoning qariyb 30 foizini shakllantirdi.

Narxlar oʻsishi: 2025 yilda Oʻzbekistonda uy-joy bozori qanday oʻzgardi?
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yil yakunlariga koʻra, respublika boʻyicha uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 295 ming donani tashkil etdi. Bu koʻrsatkich yil davomida 15 foizdan ortiq oʻsishni qayd etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida maʼlum qilindi.

Hududlar kesimida uy-joy bozoridagi faollikning eng yuqori oʻsishi Buxoro (25,7%), Sirdaryo (23,3%) va Samarqand (19,7%) viloyatlarida kuzatildi.

2025 yilda respublika boʻyicha tuzilgan uy-joy oldi-sotdi bitimlarining qariyb 30 foizi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keldi. Poytaxtda savdo hajmi yil davomida 18,2 foizga oshib, taxminan 84 ming bitimni tashkil etdi.

Toshkent shahrida koʻchmas mulk bozori

Poytaxtning ikkilamchi uy-joy bozorida 2025 yil davomida bir kvadrat metrning oʻrtacha narxi biroz oshdi — 0,6 foizga koʻtarilib, $1100 dan yuqori darajada shakllandi. Shu bilan birga, Mirzo Ulugʻbek va Chilonzor tumanlarida narxlar taxminan 5 foizga pasaydi.

Birlamchi uy-joy bozorida esa narxlarning ancha faol oʻsishi qayd etildi. Yil davomida yangi uy-joylarning oʻrtacha qiymati 9 foizdan koʻproqqa oshdi. Eng yuqori narx oʻsishi Mirobod (18%), Yashnobod (14%) va Mirzo Ulugʻbek (13,5%) tumanlarida kuzatildi.

Toshkentda ijara bozori

Ijara narxlarining eng yuqori darajasi poytaxtning markaziy tumanlarida saqlanib qoldi. Xususan, Shayxontohur, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi bir kvadrat metr uchun oʻrtacha $11 ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, ijara stavkalarining eng sezilarli oʻsishi Olmazor, Yashnobod va Shayxontohur tumanlarida qayd etilib, ushbu hududlarda yillik oʻrtacha oʻsish 11 foiz atrofida boʻldi.

Ikkilamchi uy-joy bozori: hududlar kesimida

2025 yil yakunlariga koʻra, respublika boʻyicha ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar oʻsish surʼati moʻʼtadil tezlashdi. Mamlakat boʻyicha oʻrtacha yillik oʻsish 8 foizni tashkil etdi (2024 yilda — 6,2%).

Narxlarning eng yuqori oʻsishi Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuzatildi. Ushbu hududlarda uy-joy narxlari yil davomida oʻrtacha 17 foizga oshdi.

Yil yakuniga koʻra, ikkilamchi uy-joylar boʻyicha eng yuqori narxlar Toshkent shahrida saqlanib qoldi. Shuningdek, Samarqand viloyatida bir kvadrat metrning oʻrtacha narxi $834, Toshkent viloyatida esa $682 ni tashkil etdi.

Eng past uy-joy narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida qayd etildi — bir kvadrat metr uchun $378. Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham narxlar nisbatan past boʻlib, u yerda bir kvadrat metrning oʻrtacha qiymati taxminan $454 darajasida shakllandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+