12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

14 400.040 so‘m

decrease

-142.760

162.630 so‘m

increase

1.560

12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

7 kun avval
Work&life

MrBeast – 30 yoshga yetmasdan milliard dollar ishlab topgan yagona yosh milliarder

Yangi eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, u har oy 50 million dollar atrofida daromad topmoqda. 

MrBeast – 30 yoshga yetmasdan milliard dollar ishlab topgan yagona yosh milliarder
Foto: AI/Pinkod.uz

Mashhur YouTuber MrBeast (asl ismi Jimmi Donaldson) 30 yoshga yetmasdan, oʻz mehnati bilan milliard dollardan ortiq boylikka ega boʻlgan yagona yosh milliarderga aylandi.

Celebrity Net Worth saytining 2025 yil may oyidagi hisobotiga koʻra, MrBeast'ning umumiy boyligi 1 milliard AQSh dollariga yetgan. 

U hozirda dunyodagi eng yosh sakkizinchi milliarder sifatida roʻyxatga kiritilgan. Diqqatga sazovor jihati shundaki, boshqa yetti yosh milliarder boylikni avlodlaridan meros qilib olgan boʻlsa, MrBeast bu marraga oʻz mehnati evaziga erishgan. Ayni paytda u har oy 50 million dollar atrofida daromad topmoqda.

MrBeast'ning asosiy YouTube kanali 397 million obunachiga ega. Shuningdek, u MrBeast Gaming, Beast Reacts va MrBeast Philanthropy kabi qoʻshimcha kanallarni ham yuritadi. Barcha ijtimoiy platformalardagi kuzatuvchilari soni 500 milliondan oshadi. U oʻz videolarida millionlab dollar sarflanadigan hayratomuz sinovlar va saxovatli sovgʻalar bilan keng auditoriyani oʻziga jalb qilgan.

Bloger daromadining katta qismini YouTube reklamalari, homiylik shartnomalari, brend mahsulotlari savdosi hamda oziq-ovqat loyihalari – xususan, MrBeast Burger va Feastables shokolad brendidan oladi. 2023 yil yakunlariga koʻra, u burger biznesidan 223 million dollar, brend mahsulotlari savdosidan esa 53 million dollar daromad qilgan.

Reklama orqali oylik daromadi taxminan 1,4 million dollarni tashkil etsa, har bir homiylik videosi uchun 1 million dollargacha haq oladi.

Jimmi Donaldson oʻz faoliyatini 12 yoshida boshlagan. U dastlab “100 000 gacha sanash” yoki “lugʻatni oʻqib chiqish” kabi noodatiy kontentlar bilan eʼtiborga tushgan. Bugungi kunga kelib, u Forbes tomonidan eng koʻp daromad olgan kontent yaratuvchi sifatida tan olingan.

Qizigʻi shundaki, yaqinda “Diary of a CEO” podkastida bergan intervyusida u oʻzini "qogʻozda milliarder" deb atadi va bank hisobida atigi 1 million dollardan kam mablagʻ borligini taʼkidlab oʻtdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+