12 130.010 so‘m

increase

32.080

14 245.480 so‘m

increase

50.980

153.040 so‘m

increase

1.270

12 130.010 so‘m

increase

32.080

1 kun avval
Work&life
90

Milliarder qishda nima oʻqiydi? Bill Geytsdan bayram kunlari oʻqish uchun 5 kitob

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts oʻz blogida 2025 yilda oʻqigan eng yaxshi 5 ta kitob roʻyxatini eʼlon qildi. Kitoblar inson hayotining maʼnosi va keksalik, iqlim oʻzgarishi, media va ijodiy sanoat rivoji, odamlar oʻrtasidagi muloqot hamda davlatlarning yirik loyihalarni amalga oshirishdagi tizimli muammolari haqida hikoya qiladi.

Milliarder qishda nima oʻqiydi? Bill Geytsdan bayram kunlari oʻqish uchun 5 kitob
Foto: AI / Pinkod.uz

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts oʻz blogida 2025 yilda oʻqigan va eng katta taassurot qoldirgan 5 ta kitob roʻyxatini eʼlon qildi.

Bayram yaqinlashmoqda. Men har doim yilning shu faslidan foydalanib, mutolaaga berilishni yaxshi koʻraman va ishonamanki, koʻpchilik ham shunday fikrda. Bayram kunlaridagi sokinlik bagʻrida yaxshi kitob bilan vaqt oʻtkazishning oʻzgacha gashti bor. Shu sababli, yaqinda oʻqigan va menga manzur boʻlgan asarlarni sizlar bilan boʻlishmoqchiman", — deb yozadi Geyts.

Uning taʼkidlashicha, tanlangan kitoblarning barchasi muhim mavzularning asl mohiyatini ochib beradi. Jumladan, insonlar hayotning keyingi bosqichlarida qanday maqsad topishi, iqlim oʻzgarishiga qanday yondashish kerakligi, ijodiy sanoatning rivoji, odamlar oʻrtasidagi muloqot mexanizmlari hamda AQShning yirik loyihalarni amalga oshirish qobiliyatini nega yoʻqotgani va uni qanday tiklash mumkinligi haqida soʻz boradi.

1. "Gʻayrioddiy aqlli mavjudotlar" — Shelbi Van Pelt

Remarkably Bright Creatures by Shelby Van Pelt - Lalitha Ramanathan

Bill Geyts odatda badiiy adabiyotga koʻp murojaat qilmasligini, ammo oʻqiganda ham dunyoga oʻzgacha nigoh bilan qaraydigan qahramonlarni izlashini aytdi. Uning fikricha, bu roman aynan shunday talablarga javob beradi.

Asar voqealari Tova ismli ayol atrofida kechadi. 70 yoshli Tova okeanariumda tungi smenada farrosh boʻlib ishlaydi va oʻz halovatini aqlli sakkizoyoqqa gʻamxoʻrlik qilishda topadi. U hayot mazmunini qidiradi — bu esa yosh oʻtgan sari koʻpchilik duch keladigan ogʻriqli masaladir.

"Van Peltning hikoyasi meni nafaqaga chiqqandan keyin kunlarni mazmunli oʻtkazish qanchalik murakkab boʻlishi mumkinligi haqida oʻylantirdi. Shuningdek, u jamiyat keksalarimizga oʻzini kerakli his etishi va yangi maqsadlar topishida qanday koʻmak bera olishini eslatib turadi", — deydi Geyts.

“Havoni tozalash” — Xanna Richi

Book 1: Clearing the Air - Tim Smedley

Geyts Xanna Richining Our World in Data platformasidagi ishlarini yillar davomida kuzatib kelishini va ushbu kitob iqlim muammolariga oid eng tushunarli va puxta sharhlardan biri ekanini takidladi.

Kitob 50 ta muhim savol atrofida qurilgan. Masalan, hozir harakat qilish uchun kech emasmi, atom energetikasi xavflimi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqiqatan ham arzonmi? Muallif har bir savolga qisqa, aniq va sodda tilda javob beradi.

Asar real xavf-xatarlarni inkor etmagan holda, faktlarga asoslangan ijobiy oʻzgarishlarni ham koʻrsatadi: quyosh va shamol energetikasi tez surʼatlarda rivojlanmoqda, elektromobillar arzonlashmoqda, poʻlat, sement va toza yoqilgʻi sohalarida innovatsiyalar kuchaymoqda.

Bu kitob iqlim muammolariga yechimlar haqida umidli va ishonchli umumiy tasavvur olishni istaganlar uchun mos tanlov hisoblanadi.

“Kim bilardi” — Barri Diller

‎Who Knew by Barry Diller on Apple Books

Tadbirkor Barrini oʻnlab yillardan beri bilishiga qaramay, uning memuarlari Geytsni hayratda qoldirgan va koʻp narsani oʻrgatgan. Geyts uni zamonaviy media olamining eng taʼsirli shaxslaridan biri deb hisoblaydi.

Barri Diller televideniye uchun maxsus filmlar formatini ixtiro qilgan, mini-seriallar yaratilishida muhim rol oʻynagan, Paramountni birinchi raqamli kinostudiyaga aylantirgan, Fox telekanalini ishga tushirgan va keyinchalik ulkan internet imperiyasini barpo etgan shaxsdir.

U butun faoliyati davomida hali koʻpchilik anglab yetmagan gʻoyalarga sarmoya tikkan va natijada u oʻzgartirgan sohalar bunday qarorlarning naqadar samarali boʻlishini isbotlagan.

“Har kim hamma bilishini bilganda” — Stiven Pinker

‎When Everyone Knows That Everyone Knows . . . by Steven Pinker on ...

Geytsning fikricha, inson xulq-atvorini Steven Pinkerdan yaxshiroq tushuntira oladigan olimlar kam. Uning soʻnggi kitobi odamlar qanday muloqot qilishi va qanday kelishuvga erishishini tushunmoqchi boʻlgan har bir kishi uchun muhim asar hisoblanadi.

Kitob “umumiy bilim” (common knowledge) tushunchasining ahamiyatini ochib beradi. Yaʼni, biz boshqalar nimani bilishini bilganimizda, bilvosita ishoralar va signallar ham aniqroq boʻladi.

Murakkab mavzuga qaramay, asar sodda, amaliy va oʻqishga yengil. Geyts bu kitob kundalik ijtimoiy muloqotlarga yangicha nigoh bilan qarashga yordam berganini taʼkidlaydi.

“Farovonlik” — Ezra Kleyn va Derek Tompson

Abundance by Ezra Klein | Goodreads

Kitob AQSh nega yirik loyihalarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani va bu holatni qanday oʻzgartirish mumkinligini chuqur tahlil qiladi.

Mualliflarning fikricha, taraqqiyot faqat yaxshi gʻoyalarga emas, balki ushbu gʻoyalarni hayotga tatbiq etishga yordam beradigan tizimlarga ham bogʻliq. Bugungi kunda bu tizimlar koʻpincha uy-joy, infratuzilma, toza energiya va ilmiy tadqiqotlar kabi sohalarda rivojlanishni sekinlashtirmoqda.

Geyts global sogʻliqni saqlash va iqlim yoʻnalishidagi faoliyati davomida kitobda tasvirlangan toʻsiqlarga koʻp bor duch kelganini qayd etadi. Asar barcha savollarga javob bermaydi, biroq AQShning yirik ishlarga boʻlgan salohiyatini qayta tiklash borasida muhim va toʻgʻri savollarni oʻrtaga tashlaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+