12 025.220 so‘m

increase

34.690

13 969.700 so‘m

increase

10.320

149.360 so‘m

decrease

-1.350

12 025.220 so‘m

increase

34.690

2 kun avval
Texnologiya
51

Meta, Apple, Google va OpenAI: 9 oy ichida xorijiy texno-gigantlar Oʻzbekistonda qancha soliq toʻladi?

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 1 trillion soʻmlik xizmat koʻrsatib, 124,8 milliard soʻm soliq toʻladi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 44 foizga koʻp. Eng koʻp soliq toʻlovchilar orasida Meta, Apple, Google va ChatGPT yaratuvchisi OpenAI yetakchilik qilmoqda.

Meta, Apple, Google va OpenAI: 9 oy ichida xorijiy texno-gigantlar Oʻzbekistonda qancha soliq toʻladi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida 124,8 milliard soʻm miqdorida soliq toʻladi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 44 foizga oʻsgan.

Hisobot davrida Oʻzbekistonda elektron shaklda xizmat koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar soni 73 taga yetdi. Bu raqam yil boshidan beri 10 taga, oʻtgan yil boshiga nisbatan esa 18 taga koʻpdir.

2025 yil yanvar–sentabr oylarida xorijiy kompaniyalar tomonidan koʻrsatilgan elektron xizmatlar qiymati 1,048,6 trln soʻmni tashkil etgan. Toʻlangan soliqlar hajmi esa 124,8 mlrd soʻm boʻlib, bu ham oʻtgan yilga nisbatan 44 foiz oʻsishni koʻrsatadi.

Eng koʻp soliq toʻlagan kompaniyalar orasida Meta, Apple va Google yetakchilik qilmoqda.
Meta kompaniyasi 293,4 mlrd soʻmlik xizmat koʻrsatib, 35,2 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Apple’ning koʻrsatkichlari deyarli shunga yaqin — xizmatlar hajmi 292,6 mlrd soʻm, soliq toʻlovi 35,1 mlrd soʻm. Google esa 265,8 mlrd soʻmlik xizmat uchun 31,1 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Toʻrtinchi oʻrinni esa ChatGPT’ning ishlab chiquvchisi OpenAI egalladi. Kompaniya 39,8 milliard soʻmlik xizmat koʻrsatib, 4,7 milliard soʻm soliq toʻlagan. OpenAI yaqinda 5 dollarlik GO obuna turini Oʻzbekistonda ham taqdim qildi. Bundan keyingi oylarda ham kompaniya xizmatlari oʻsishini kutish mumkin.

Top oʻntalikka shuningdek OpenAI (39,8 mlrd / 4,7 mlrd soʻm), Booking.com (24,3 mlrd / 2,9 mlrd soʻm), TikTok (22,3 mlrd / 2,6 mlrd soʻm), Netflix (10,7 mlrd / 1,3 mlrd soʻm), ACCA (9,6 mlrd / 1,1 mlrd soʻm), Zoom (9,3 mlrd / 1,1 mlrd soʻm) va Amazon (10,7 mlrd / 1,0 mlrd soʻm) kompaniyalari ham kirgan.

Shu bilan birga, 2025 yilning dastlabki toʻqqiz oyi davomida 6 ta kompaniya roʻyxatdan chiqarilgan boʻlsa, 16 ta yangi xorijiy kompaniya Oʻzbekiston soliq tizimida hisobga olingan.

Shuningdek, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida 6 ta kompaniya roʻyxatdan chiqarilgan, biroq 16 ta yangi kompaniya hisobga olingan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+