12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

04-avgust, 16:27
Soliq

Meta, Apple, Google va OpenAI: 6 oy ichida xorijiy texno-gigantlar Oʻzbekistonda qancha soliq toʻladi?

2025 yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya 78,2 mlrd soʻm soliq toʻladi.

Eng koʻp soliq toʻlovchilar safidan Meta, Apple, Google hamda aprel oyida roʻyxatdan oʻtgan OpenAI joy oldi.

Shuningdek, faoliyati Oʻzbekistonda bloklangan boʻlishiga qaramay, TikTok ham 1,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Meta, Apple, Google va OpenAI: 6 oy ichida xorijiy texno-gigantlar Oʻzbekistonda qancha soliq toʻladi?
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan jami 78,2 milliard soʻm (MB Obligatsiyalar boʻyicha $6,1 million) soliq toʻladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.  

Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 42 foizga oshgan. Toʻlangan soliqlarning 94 foizi 10 ta yirik kompaniya hissasiga toʻgʻri kelgan. 

Shuningdek, ushbu davrda mazkur kompaniyalar tomonidan koʻrsatilgan jami xizmatlar hajmi 656,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 43 foizga koʻproqdir.

Xorijiy kompaniyalar orasida Meta 22,6 mlrd soʻmlik soliq toʻlovlari bilan yetakchi boʻldi. Meta’ning Oʻzbekistonda koʻrsatgan xizmatlar hajmi 187,6 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Undan keyingi oʻrinni esa 184 mlrd soʻmlik xizmatlar hajmi va 22,1 mlrd soʻmlik soliq toʻlovi bilan Apple egalladi.

19,4 mlrd soʻm soliq toʻlagan Google kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Eʼtiborli jihati, 2025 yil aprel oyida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan OpenAI chorak yakuniga kelib, toʻrtinchi eng koʻp soliq toʻlovchi xorijiy elektron kompaniyaga aylandi. ChatGPT ishlab chiquvchisi Oʻzbekistonda 23,9 mlrd soʻmlik xizmatlar koʻrsatib, 2,9 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Faoliyati Oʻzbekistonda bloklangan boʻlishiga qaramay, TikTok ham 1,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Shuningdek, Netflix — 896 mln soʻm, ACCA — 797 mln soʻm, Zoom — 786,7 mln soʻm va Adobe — 530,8 mln soʻm soliq toʻlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+