11 820.480 so‘m

increase

19.250

13 766.130 so‘m

increase

28.320

137.510 so‘m

increase

0.780

11 820.480 so‘m

increase

19.250

33 daqiqa avval
Bank
155

Markaziy bank talabalar uchun maxsus stipendiya eʼlon qildi

Markaziy bank iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya, IT va boshqa yoʻnalishlarda tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini boshladi.

Stipendiya miqdori BHMning kamida uch baravari etib belgilanadi, arizalar 11-sentabrgacha qabul qilinadi. 

Tanlov gʻoliblari Markaziy bankda amaliyot oʻtash imkoniyatiga ham ega boʻladi.

Markaziy bank talabalar uchun maxsus stipendiya eʼlon qildi

Markaziy bank iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qildi. 

Dasturda respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichida soʻnggi kursda kunduzgi shaklda oʻqiyotgan talabalar qatnashishi mumkin. Tanlov har yili oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Stipendiya iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, statistika, moliya va moliyaviy texnologiyalar, bank ishi, buxgalteriya hisobi, sunʼiy intellekt, dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi, axborot tizimlari va texnologiyalari, yurisprudensiya, mediadizayn, oʻzbek filologiyasi hamda tarjima yoʻnalishlari talabalari uchun moʻljallangan.

Nomzodlardan soʻnggi oʻquv yili yakunlari boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlish, davlat tilini mukammal bilish, shuningdek rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida egallash talab qilinadi.

ACCA yoki boshqa xalqaro moliyaviy sertifikatlar, Big Data bilan ishlash koʻnikmasi, IELTS’dan 7.0 va undan yuqori natija hamda iqtisodiyot, moliya yoki IT yoʻnalishidagi olimpiadalarda sovrinli oʻrinlar nomzodlarga ustunlik beradi.

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi. 15-sentabr soat 10:00 da masofaviy test boʻlib oʻtadi. Iqtisodiyot, bank ishi, moliya va statistika yoʻnalishidagilar makroiqtisodiyot va mantiqiy fikrlash, yurisprudensiya, IT va boshqa yoʻnalishdagilar esa mantiqiy fikrlash hamda oʻz sohasi boʻyicha savollarga javob beradi.

16-sentabr soat 11:00 da Google Meet orqali xorijiy til darajasi baholanadi. 18-sentabr soat 10:00 da esa saralangan nomzodlar Ekspert guruhi bilan yakuniy suhbatdan oʻtadi.

Gʻoliblar BHMning kamida uch baravari miqdorida stipendiya oladi. Bundan tashqari, ular Markaziy bankning tegishli boʻlinmalarida haftasiga 15 soatdan oshmagan holda amaliyot oʻtashi mumkin.

Arizalar Markaziy bankning Telegram-boti orqali 11-sentabrgacha qabul qilinadi. Nomzod ariza topshirishda Markaziy apparat yoki tegishli hududiy bosh boshqarmani tanlashi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+