11 979.830 so‘m

decrease

-1.980

13 904.990 so‘m

increase

25.260

164.990 so‘m

decrease

-0.140

11 979.830 so‘m

decrease

-1.980

3 soat avval
Bank
54

Markaziy bank Oʻzbekistonning ilk mundial yoʻllanmasiga bagʻishlangan oltin va kumush tangalarni sotuvga chiqaradi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining tarixda ilk bor futbol boʻyicha Jahon chempionatiga chiqishi munosabati bilan 100 dona oltin va 1 000 dona kumush esdalik tangasi zarb etildi. Ular 18 iyundan boshlab tijorat banklarining 690 ta filialida sotiladi.

Markaziy bank Oʻzbekistonning ilk mundial yoʻllanmasiga bagʻishlangan oltin va kumush tangalarni sotuvga chiqaradi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining “Jahon chempionati — 2026”dagi ishtirokiga bagʻishlangan maxsus esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi.

Tangalar terma jamoaning tarixda ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritganini abadiylashtirish maqsadida 999,9 asllikdagi sof oltin va kumushdan zarb etilgan.

Esdalik tangalarining old tomonida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi logotipi, klassik futbol toʻpi tasviri hamda “Tarixiy zafar. Oʻzbekiston futboli jahon chempionatida — 2026” yozuvi joylashtirilgan. Kompozitsiya mamlakat futboli tarixida yangi davr boshlanganini ifodalaydi.

Tanganing orqa tomonida esa muxlislar orasida “Oq boʻrilar” nomi bilan tanilgan milliy terma jamoa ramzi — boʻri silueti aks ettirilgan. Mazkur tasvir futbolchilarning shijoati, jamoaviy ruhi va taslim boʻlmas xarakterini anglatadi.

Boʻri shakli 26 nafar futbolchining siluetidan tuzilgan. Bu tarixiy natijaga alohida bir futbolchi emas, balki butun jamoaning birdamligi va umumiy mehnati orqali erishilganini ramziy tarzda koʻrsatadi.

Dizaynda milliy terma jamoa liboslaridagi, qadimiy obidalar devorlaridan ilhomlangan naqshlardan ham foydalanilgan. Shu tariqa futbol, milliy gʻurur, tarix va madaniyat unsurlari yagona kompozitsiyada birlashtirilgan.

Har bir tanganing ogʻirligi 31,1 grammni tashkil etadi. Jami 100 dona oltin va 1 000 dona kumush tanga ishlab chiqarilgan. Cheklangan tiraj ularning badiiy va kolleksion qiymatini oshiradi.

Esdalik tangalari 18 iyundan boshlab tijorat banklarining 690 ta filialida sotuvga chiqariladi. Narxlar va banklardagi mavjud tangalar haqidagi yangilangan maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida har kuni eʼlon qilib boriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+