12 023.610 so‘m

increase

9.240

13 236.790 so‘m

decrease

-43.890

145.540 so‘m

decrease

-0.650

12 023.610 so‘m

increase

9.240

Yaqin 2 soat ichida
Bank
39

Markaziy bank ikkita xorijiy bankka Oʻzbekistonda vakolatxona ochishga ruxsat berdi

Fransiyaning Société Générale va Janubiy Koreyaning Hana Bank banklari Oʻzbekistonda vakolatxona ochish uchun ruxsat oldi. 

Har ikki bank mahalliy moliya bozorini oʻrganish va hamkorlik aloqalarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. 

Avvalroq Hana Bank’ning Oʻzbekistonda bank xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganayotgani maʼlum boʻlgan edi.

Markaziy bank ikkita xorijiy bankka Oʻzbekistonda vakolatxona ochishga ruxsat berdi

Fransiyaning Société Générale va Janubiy Koreyaning Hana Bank banklari Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalarini tashkil etish uchun akkreditatsiyadan oʻtdi. Bu haqda 17 noyabr kuni Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator maʼlumotlariga koʻra, har ikki bankning vakolatxonalari mahalliy moliya bozorini oʻrganish, davlat organlari, moliya tashkilotlari va xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirishga ixtisoslashadi.

1864 yilda tashkil etilgan Société Générale Yevropaning yirik moliyaviy guruhlaridan biri hisoblanadi. Fransuz banki dunyoning 58 ta mamlakatida faoliyat yuritadi.

Avvalroq Société Générale vakillari Markaziy bank rahbariyati bilan uchrashib, Oʻzbekiston moliya bozoridagi islohotlar, investitsiya muhiti va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan edi.

Janubiy Koreyaning Hana Bank banki esa Hana Financial Group tarkibiga kiradi. U 2015 yilda Korea Exchange Bank bilan birlashgan boʻlib, hozirda dunyoning 27 ta mamlakatida faoliyat yuritadi.

Pinkod avvalroq Hana Bank 2026 yil oxirigacha Oʻzbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Xususan, bank 11 sentabr kuni Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan investitsiya va moliya sohasida hamkorlik memorandumini imzolagan. Kelishuv mahalliy moliya bozoriga kirish, yangi investitsiya loyihalarini aniqlash hamda ikki mamlakat kompaniyalari oʻrtasidagi savdo va investitsiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

Hana Bank Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirish uchun asosiy tayanch bozor sifatida tanlaganini bildirgan. Bank dastlab vakolatxona tashkil etib, mintaqadagi biznes imkoniyatlarini oʻrganishni rejalashtirgan.

Shuningdek, iyul oyida Hana Bank delegatsiyasi Markaziy bank bilan muzokaralar oʻtkazgan. Uchrashuvda Oʻzbekistonda yangi tijorat bankini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi ham muhokama qilingan, biroq alohida bank tashkil etish boʻyicha yakuniy qaror eʼlon qilinmagan.

Qayd etish kerakki, xorijiy bank vakolatxonasining akkreditatsiya qilinishi unga Oʻzbekistonda bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini bermaydi. Buning uchun alohida bank litsenziyasi talab etiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+