12 003.180 so‘m

increase

13.090

13 987.310 so‘m

increase

12.860

156.680 so‘m

decrease

-1.270

12 003.180 so‘m

increase

13.090

17 soat avval
Bank
139

Markaziy bank Humans ilovasi orqali kartalardan ruxsatsiz pul yechilishiga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga biriktirilgan kartalardan foydalanuvchilarning roziligisiz mablagʻlar yechib olinayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Regulyator holatni tasdiqlab, Paylov (Octagram) orqali amalga oshirilayotgan toʻlov xizmatlarini vaqtincha toʻxtatdi hamda tekshiruv boshlanganini maʼlum qildi. Tekshiruv natijalari boʻyicha batafsil izoh berilishi aytilmoqda.

Markaziy bank Humans ilovasi orqali kartalardan ruxsatsiz pul yechilishiga munosabat bildirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Avvalroq Pinkod Humans MChJ bankrot deb topilgani haqida yozgan edi


Dam olish kunlari Humans ilovasiga ulangan kartalardan foydalanuvchilarning roziligisiz pul yechib olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yuzlab mijozlar ushbu holatdan zarar koʻrgani, ayrim foydalanuvchilarning hatto 20–30 million soʻmgacha mablagʻi yechib olingani aytilmoqda. Hozircha kompaniya bunday holat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Markaziy bank esa voqea boʻyicha munosabat bildirib, maʼlumotlarni tasdiqladi. Regulyator xabariga koʻra, “Humans companies” AJ va “Octagram” AJ oʻrtasida 2025 yil 10 aprelda 32-sonli shartnoma imzolangan boʻlib, unga muvofiq Humans agent sifatida oʻz mijozlariga toʻlov xizmatlarini (toʻlovlar va P2P oʻtkazmalar) taqdim etishni boshlagan.

2025 yil 8 dekabr kuni soat 08:30 atrofida Markaziy bankka fuqarolardan Humans ilovasi orqali mablagʻlar ruxsatsiz yechib olingani haqida murojaatlar kelib tushgan. Shundan soʻng regulyator “Octagram” AJ (Paylov savdo belgisi) bilan bogʻlanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida P2P amaliyotlarini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma bergan.

9 dekabr holatiga koʻra, Humans ilovasi orqali “Octagram” AJ (Paylov) tomonidan amalga oshirilayotgan barcha toʻlov xizmatlari toʻliq toʻxtatilgan.

Markaziy bank Uzcard va Humo kartalari orqali toʻlovlar odatdagi tartibda ishlayotganini, shuningdek, kartalardan boshqa bank va toʻlov tashkilotlari ilovalari orqali ham foydalanish mumkinligini maʼlum qilgan.

Ayni paytda mazkur vaziyat boʻyicha tezkor tekshiruv davom etmoqda. Barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar oʻrtasidagi hamkorlik toʻliq oʻrganilmoqda. Tekshiruv yakunlari boʻyicha qoʻshimcha rasmiy maʼlumot taqdim etilishi bildirildi.

Markaziy bank fuqarolarga ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda murojaat qilish mumkinligini eslatib oʻtdi.


Avvalroq Pinkod 14 oktabrda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Humans MChJ bilan bogʻliq nizo koʻrib chiqilgani haqida yozgan edi

Sud qarori bilan Humans MChJ (taʼsischisi Humans Companies AJ) bankrot deb topilib, unga nisbatan faoliyatini toʻxtatmagan holda tugatishga doir ish yuritish boshlangan. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+