12 447.350 so‘m

increase

86.490

14 545.970 so‘m

increase

66.460

146.080 so‘m

increase

0.420

12 447.350 so‘m

increase

86.490

11 soat avval
Bank

Markaziy bank avgust oyida 9 ta bankka jarima qoʻllab, 1 ta bank litsenziyasini chaqirib oldi

Markaziy bank Bank nazorati qoʻmitasining avgust oyida oʻtkazilgan 9 ta yigʻilishida jami 51 ta masala muhokama qilindi. Shu davrda bir bankning litsenziyasi chaqirib olindi va bir qator banklar, mikromoliya tashkilotlari hamda lombardlarga jarima sanksiyalari qoʻllandi.

Markaziy bank avgust oyida 9 ta bankka jarima qoʻllab, 1 ta bank litsenziyasini chaqirib oldi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qoʻmitasining 2025 yil avgust oyida oʻtkazilgan toʻqqizta yigʻilishida jami 51 ta masala koʻrib chiqildi.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 32 ta masala muhokama qilindi. 

Xususan, kredit tashkilotlari ustavlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish, yangi mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatiga olish, kredit tashkilotlari ustav fondidagi ulushlarga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), shuningdek tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini koʻrib chiqish (9 ta) kabi masalalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 19 ta masala ham koʻrib chiqildi. 

Ular Markaziy bank koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlariga rioya etilishini, inspeksiya natijalarini, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi choralarni oʻz ichiga oldi.

Prudensial talablarga rioya qilmaganlik va inspeksiyada aniqlangan kamchiliklar uchun 14 ta bank va 2 ta toʻlov tashkiloti ogohlantirildi, 9 ta bank, 6 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombardga jarima sanksiyalari qoʻllanildi.

Shuningdek, Markaziy bank talablari va inspeksiya tekshiruvlari natijalarida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya etilishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 9 ta bank, 6 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanildi.

Bundan tashqari, ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi sababli Yevroosiyo bankiga berilgan litsenziya chaqirib olindi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+