12 145.650 so‘m

increase

3.710

14 268.710 so‘m

decrease

-21.140

164.330 so‘m

increase

1.700

12 145.650 so‘m

increase

3.710

4 soat avval
Bank
59

Markaziy bank 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qoʻlladi

Bank nazorati qoʻmitasi aprel oyida 30 ta masalani koʻrib chiqdi. Qonunchilik talablari buzilgani va inspeksiya davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 2 ta bank hamda 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qoʻllanildi.

Markaziy bank 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qoʻlladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi 2026 yil aprel oyida jami 6 marotaba yigʻilish oʻtkazib, 30 ta masalani koʻrib chiqdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, koʻrib chiqilgan masalalarning 21 tasi roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishiga tegishli boʻlgan. Ular orasida kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish, ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat berish hamda banklarda audit oʻtkazish huquqini beruvchi auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish bilan bogʻliq masalalar bor.

Shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlar lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar ham muhokama qilingan.

Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 9 ta masala koʻrib chiqilgan. Xususan, Markaziy bank koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlar talablarining bajarilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya hamda oʻrganishlar natijalari muhokama qilingan.

Qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat tashkil etilmagani, shuningdek, inspeksiya va oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sababli 2 ta bank hamda 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+