Kripto-aktivlarning umumiy bozor qiymati ilk bor $4 trlndan oshdi
Mazkur oʻsish AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan va yaqinda imzolangan GENIUS nomli kripto qonuni ortidan yuz berdi. Mutaxassislarga koʻra, Bitcoin narxi sentabr oyidayoq $140 000 ga yetishi mumkin.

Kripto-aktivlarning umumiy bozor qiymati ilk bor $4 trlndan oshdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Mazkur koʻrsatkich altkoinlardagi keskin oʻsish va AQShda sektorni tartibga soluvchi qonunchilik tashabbuslari fonida yuzaga keldi.

Copper kompaniyasi Bitcoin narxi sezilarli oshishini kutmoqda:
“Bitcoin’ning $150 000 ga yetishi endi tobora muqarrar koʻrinmoqda. Agar hozirgi hajmdagi kapital oqimi davom etsa, sentabr oyidayoq Bitcoin $140 000 darajasini bosib oʻtishi mumkin”.
Deribit maʼlumotlariga koʻra, investorlar avgust oyida $130,000 darajasidagi Bitcoin opsionlariga faol tarzda garov tikmoqda. Bu narxlarning yaqin haftalarda yana koʻtarilishi kutilayotganidan dalolat beradi.

Citigroup tahlilchilariga koʻra, bugungi kunda $265 milliardlik bu bozor 2030 yilga borib $3.7 trillionga yetishi mumkin.
Soʻnggi oʻsish bosqichida Bitcoin’dan koʻra altkoinlar yetakchilik qilmoqda. Ethereum bu hafta 20 foizga oshdi, Uniswap juma kuni 24 foizga koʻtarildi, Solana esa 6.5 foizgacha foyda koʻrsatdi.
Mazkur tarixiy oʻsish AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan va yaqinda imzolangan GENIUS nomli kripto qonuni ortidan yuz berdi. “Kripto haftaligi” deb nomlangan davr mobaynida qabul qilingan ushbu qonun respublikachilar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlib, dollar bilan bogʻlangan barqaror kriptovalyutalarga federal va shtat darajasida nazorat oʻrnatishni koʻzda tutadi.