12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

25-yanvar, 12:15
FinLit

Kreditni soʻndirishda qaysi usul qulayroq?

Kredit olish – bu qoʻshimcha moliyaviy imkoniyat boʻlib, uni soʻndirishda asosiy ikki usul mavjud. Biroq, ulardan qaysi birini tanlash foydaliroq?

Kreditni soʻndirishda qaysi usul qulayroq?
Foto: AI / Pinkod.uz

Kredit — bu moliya tashkilotlari tomonidan maʼlum miqdordagi mablagʻni vaqtincha foydalanish uchun qarzga berish jarayoni. Kredit oluvchi belgilangan muddatda asosan asosiy qarzni va unga qoʻshimcha ravishda foiz toʻlashi zarur. Kreditlar turli maqsadlar, masalan, uy-joy sotib olish, avtomobil xaridi, biznesni rivojlantirish yoki shaxsiy ehtiyojlarni qoplash uchun ishlatiladi.

Kreditni toʻlash usullari

Kreditni soʻndirishning ikki turi mavjud. Ular oʻrtasidagi faqrni tushunish uchun har birini misollar yordamida koʻrib chiqamiz.

Annuitet usuli

Annuitet usulida har oyda bir xil miqdorda toʻlov amalga oshiriladi. Bu toʻlov miqdori kreditning asosiy qismini va unga qoʻshilgan foizlarni oʻz ichiga oladi. Kredit muddati davomida toʻlov miqdori oʻzgarmaydi. Buni quyidagi jadvalli misol orqali koʻrib chiqish mumkin.

Kredit shartlari:

  • Kredit miqdori: 15 000 000 soʻm
  • Muddat: 12 oy
  • Yillik foiz stavkasi: 26%
  • Har oyga toʻlov: 1 432 952,08 soʻm
OyOylik toʻlov (soʻm)Asosiy qarz toʻlovi (soʻm)Foiz toʻlovi (soʻm)Qolgan qarz (soʻm)
11 432 952,081 107 952,08325 000,0013 892 047,92
21 432 952,081 131 957,71300 994,3712 760 090,20
31 432 952,081 156 483,46276 468,6211 603 606,74
...............
121 432 952,081 402 563,2230 388,870

Koʻrinib turibdiki, bu usulda dastlabki oylarda toʻlov foizlarini qoplash uchun ishlatiladi. Lekin vaqt oʻtgan sari foiz toʻlovi kamayib borib, keltirilgan misoldagi jadval oxirida deyarli 30 ming soʻmni tashkil qiladi. Bu holatda 15 mln soʻmlik kredit uchun qoʻshimcha 2 195 425,02 soʻm, jami 17 195 425,02 soʻm toʻlanadi (12 oy misolida).

Afzalliklari:

  • Har oyda toʻlov miqdori oʻzgarmaydi.
  • Byudjetni rejalashtirishda osonlik yaratadi.

Noqulayliklari:

  • Dastlabki davrda toʻlanadigan foiz miqdori koʻproq.
  • Kreditni muddatidan oldin toʻlashda foizlar kamaymaydi.

Differensial usul

Differensial usulda kreditning asosiy qismi har oyda teng qismlarga boʻlinadi, foizlar esa har oyda qolgan qarz miqdoriga qarab kamayadi. Bu usulda dastlabki oylarda toʻlovlar yuqori boʻladi, keyinchalik esa kamayib boradi. Buni quyidagi jadvalli misol orqali koʻrib chiqish mumkin.

Kredit shartlari

  • Miqdori: 15 000 000 soʻm
  • Muddat: 12 oy
  • Yillik foiz stavkasi: 26%
OyOylik toʻlov (soʻm)Asosiy qarz toʻlovi (soʻm)Foiz toʻlovi (soʻm)Qolgan qarz (soʻm)
11 581 232,881,250,000331 232,8813,750,000
21 524 246,581,250,000274 246,5812,500,000
31 526 027,401,250,000276 027,4011,250,000
...............
121 277 602,741,250,00027 602,740

Bu usulda 15 mln soʻm kredit uchun qoʻshimcha toʻlangan mablagʻ 2 104 041,10 soʻmni, jami esa 17 104 041,10 soʻmni tashkil qiladi (12 oy misolida).

Afzalliklari:

  • Umumiy foiz xarajatlari annuitet usuliga qaraganda kamroq.
  • Kredit muddati davomida oylik toʻlovlar kamayib boradi.

Noqulayliklari:

  • Dastlabki oyda katta miqdorda toʻlov talab qilinadi.
  • Oylik toʻlov miqdori boshlanishda yuqori boʻlgani uchun barqaror daromadga ega boʻlmagan kishilar uchun qiyinchilik tugʻdirishi mumkin.

Qaysi usulni tanlash kerak?

Uzoq muddat davomida bir xil miqdorda toʻlov qilishni maqsad qilganlar uchun annuitet usuli yaxshi variant hisoblanadi. Bu usul byudjetni aniq rejalashtirishga ham yordam beradi.

Umumiy foiz toʻlovlarini kamaytirish va kreditni tezroq yopishni istaganlar esa differensial usulini tanlash moliyaviy tarafdan toʻgʻri boʻladi. Yuqorida keltirgan misollar orqali (12 oy muddat, 15 mln soʻm, 26% stavka misolida) esa kreditni differensial usulda soʻndirish 91 383,92 soʻmga moliyaviy jihatdan foydali degan xulosaga kelish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+