12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

5 kun avval
Bank

Kredit tarixini tekshirganlarning atigi 5 foizi aʼlo darajadagi skoringga ega

2025 yilning birinchi yarmida qariyb 1 million fuqaro oʻz kredit tarixini tekshirtirdi. Kredit Axboroti Tahliliy Markazi maʼlumotlariga koʻra, ularning 69 foizi erkaklar, 31 foizi esa ayollarni tashkil etadi. Skoring ballari tahliliga koʻra, murojaat qilganlarning atigi 5 foizi aʼlo darajadagi skoringga ega boʻlgan, 28 foizi yaxshi, 55 foizi esa oʻrtacha koʻrsatkich bilan cheklangan.

Kredit tarixini tekshirganlarning atigi 5 foizi aʼlo darajadagi skoringga ega
Foto: AI / Pinkod.uz

Kredit Axboroti Tahliliy Markazi (KATM) maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning birinchi yarmida kredit hisobotlaridan foydalanganlar soni 957 402 nafarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2024 yilning shu davriga (400 950) nisbatan qariyb 2,4 barobarga yuqori.

Hisobotdan asosan jismoniy shaxslar foydalangan, ular orasida eng faol toifa 26–35 yoshdagilar – 41% (388 456 kishi)ni tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 36–45 yoshdagilar – 23% (222 247 kishi), 16–25 yoshdagilar – 22% (205 009 kishi), 46–55 yoshdagilar – 9% (88 093 kishi) hamda 56 yosh va undan kattalar – 5% (44 940 kishi) qayd etildi. Bu raqamlar kredit bozorida asosan yoshlar faol ekanini koʻrsatadi.

Jismoniy shaxslarning aksariyati kredit tarixini olishga bir marta murojaat qilgan boʻlib, ularning ulushi 63 foizni tashkil etadi. Ikki marta murojaat qilganlar 23 foiz, uch marta foydalanganlar 6 foiz, toʻrt marta foydalanganlar 2 foiz, besh va undan koʻp marta foydalanganlar esa yana 6 foizni tashkil qilgan. Murojaat qilganlarning 69 foizi erkaklar, 31 foizi ayollardan iborat.

Skoring ballari boʻyicha tahlil shuni koʻrsatdiki, fuqarolarning atigi 5 foizi aʼlo kredit tarixiga ega. Qolgan 28 foiz “yaxshi” koʻrsatkichga ega boʻlsa, 55 foiz “oʻrtacha” darajada baholangan. Qariyb 1 foiz fuqaroning kredit tarixi esa “yomon” sifatida qayd etilgan. 

Hududlar kesimida eng koʻp murojaat Toshkent shahrida qayd etilgan — 19,4 foiz, undan keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati (11,9 foiz) va Samarqand viloyati (8,3 foiz) joylashgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+