12 128.020 so‘m

increase

29.900

14 419.000 so‘m

increase

65.790

158.520 so‘m

decrease

-0.120

12 128.020 so‘m

increase

29.900

12 soat avval
Iqtisodiyot
43

“Kiberjinoyatlarning fosh etilish darajasi 8 foizga ham yetmayapti”, — Prezident sohadagi jiddiy kamchiliklar haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishdagi sustkashlikni keskin tanqid qildi. 

Bir yil davomida sodir etilgan kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarga qariyb 2 trln soʻm zarar yetgan, ammo jinoyatlarning 8 foizi ham fosh etilmayapti.

“Kiberjinoyatlarning fosh etilish darajasi 8 foizga ham yetmayapti”, — Prezident sohadagi jiddiy kamchiliklar haqida
Foto: AI/Pinkod.uz

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazgani xabar qilingan edi.

Yigʻilishda uch yil avval Ichki ishlar vazirligida tashkil etilgan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi faoliyati kutilgan natija bermayotgani tanqid qilindi.

Xususan, 2024 yilda Toshkent shahrida 16 mingdan ortiq kiberjinoyat sodir etilgan. Natijada  oʻzbekistonliklarga qariyb 2 trillion soʻm moddiy zarar yetgan. Shunga qaramay, ushbu jinoyatlarning fosh etilish darajasi 8 foizga ham yetmagan.

Qayd etilishicha, jinoyatchilar bank tizimidagi boʻshliqlar, aholining ishonuvchanligi hamda texnologik bilim yetishmasligidan faol foydalanmoqda.

“Ichki ishlar va prokuraturaga bu yoʻnalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? Bank va toʻlov tashkilotlarida himoya tizimlarini joriy etish qachon yakunlanadi?” — deya Prezident masʼullarga qatʼiy savol qoʻydi.

Soʻnggi yillarda kiberjinoyatlar soni keskin oshib, ularning turlari 18 tadan 62 taga yetgan. Ayniqsa, shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash, sunʼiy intellekt yordamida ovoz va yuz qiyofasini soxtalashtirish, zararli dasturlarni tarqatish kabi jinoyatlar koʻpaymoqda.

Oʻgʻirlangan mablagʻlar asosan kriptovalyuta orqali xorijga chiqarilayotgani qayd etildi.

Bunday jinoyatlarni tezkor aniqlash va oldini olish uchun huquq-tartibot organlari xodimlari kibertexnologiyalar va sunʼiy intellektni chuqur egallashi zarurligi taʼkidlandi.

Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik boʻyicha alohida departament tashkil etiladi. Uning faoliyati uchun vazirning shaxsan oʻzi masʼul boʻladi. Shuningdek, Adliya vazirligida kiberjinoyatchilik va raqamli huquq yoʻnalishi boʻyicha alohida boshqarma ochiladi.


Maʼlumotlarga koʻra, 2025 yilning 11 oyida kiberjinoyatlar oqibatida Oʻzbekiston fuqarolaridan salkam 1,9 trillion soʻm mablagʻ oʻgʻirlangan. 2021–2025 yillar davomida mamlakatda kiberjinoyatlar soni 11 baravarga oshib, 4 865 tadan 62 440 taga yetgan. 

Ushbu davrda fuqarolarga yetkazilgan umumiy zarar 3 trillion 730 milliard soʻmni tashkil etgan. Shundan 1 trillion 890 milliard soʻmi oʻtga yilning 11 oyiga toʻgʻri keladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+