12 105.560 so‘m

decrease

-24.450

14 232.510 so‘m

decrease

-12.970

152.560 so‘m

decrease

-0.480

12 105.560 so‘m

decrease

-24.450

1 kun avval
Soliq
50

KFC, EVOS va Oqtepa: umumiy ovqatlanish korxonalari 10 oyda 1,4 trln soʻm soliq toʻladi?

Bu mablagʻning beshdan bir qismi eng yirik 20 ta kompaniya hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlib, ular orasida KFC, Evos va Oqtepa Lavash tarmoqlari yetakchilik qilmoqda.

KFC, EVOS va Oqtepa: umumiy ovqatlanish korxonalari 10 oyda 1,4 trln soʻm soliq toʻladi?
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yilning yanvar–oktabr oylarida umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalar 1 trln 412 mlrd soʻm miqdorida soliq toʻlovlarini amalga oshirdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Hisobot davrida umumiy ovqatlanish bilan shugʻullanuvchi 20 318 ta yuridik shaxs faoliyat yuritgan. Ularning umumiy tovar aylanmasi 16,8 trln soʻmni tashkil etgan boʻlsa, berilgan soliq imtiyozlari hajmi 128 mlrd soʻmga teng boʻldi.

Shu bilan birga, sohaga oid eng koʻp soliq toʻlovchi TOP-20 korxona jami 275,1 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Bu esa umumiy summaning 19,5 foizini tashkil etadi.

Eng koʻp soliq toʻlovchi korxonalar

Eng koʻp soliq toʻlagan kompaniya — xalqaro KFC tarmogʻining Oʻzbekistondagi franshiza hisoblangan International Foodchain boʻldi. Bu korxona 10 oyda 78,7 mlrd soʻmlik soliq toʻlovlarini amalga oshirgan.

Ikkinchi oʻringa esa 56,3 mlrd soʻm soliq toʻlagan Mak Food Servis kompaniyasi joylashdi. Ushbu kompaniya mamlakat boʻylab tanilgan Evos brendi ostida faoliyat yuritadi. 

Kuchli uchlikni esa 31,9 mlrd soʻmlik soliq bilan Oqtepa Food Service yakunladi — bu korxona mashhur Oqtepa Lavash tarmogʻining operatori hisoblanadi.

Toʻrtinchi oʻrinni 29,5 milliard soʻmlik soliq toʻlovi bilan Ketring MChJ egalladi. Kuchli 5 likni nisbatan kamroq soliq toʻlovlari bilan Feed Up (6,7 mlrd soʻm) yakunlab bergan.

Shuningdek, “Savdo” MChJ (6,7 mlrd soʻm), Maxway Food MChJ (5,7), French Pastry MChJ (5,4 mlrd soʻm), Bellissimo Pizza International MChJ (5,2 mlrd soʻm), Chef Catering MChJ (5 mlrd soʻm), Dodo Pizza Tashkent MChJ (3,5 mlrd soʻm) kabi mashhur ovqatlanish tarmoqlari ham TOP-20 taligiga kirdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+