12 122.070 so‘m

increase

48.780

14 187.670 so‘m

increase

29.320

156.390 so‘m

increase

1.230

12 122.070 so‘m

increase

48.780

7 soat avval
Soliq
59

KFC, EVOS va Oqtepa Lavash: umumiy ovqatlanish sohasida kim eng koʻp soliq toʻlamoqda

11 oyda umumiy ovqatlanish sohasi byudjetga 1,56 trln soʻm soliq toʻladi. Eng yirik soliq toʻlovchilar qatoridan KFC, EVOS, Oqtepa Lavash, Ketring va Good Food Catering joy olgan boʻlib, TOP-20 kompaniya soha soliqlarining qariyb 20 foizini foizini toʻlagan.

KFC, EVOS va Oqtepa Lavash: umumiy ovqatlanish sohasida kim eng koʻp soliq toʻlamoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan jami 1,56 trillion soʻm soliq toʻlangan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, hisobot davrida mazkur sohada 20 347 ta yuridik shaxs faoliyat yuritgan. Ularning umumiy tovar aylanmasi 17,2 trillion soʻm, berilgan soliq imtiyozlari esa 140,3 milliard soʻmni tashkil etgan.

Eng koʻp soliq toʻlagan TOP-20 korxona

Umumiy ovqatlanish sohasida eng koʻp soliq toʻlagan TOP-20 korxona tomonidan jami 306,2 milliard soʻm soliq toʻlangan. Bu koʻrsatkich soha boʻyicha umumiy soliq tushumlarining 19,7 foiziga teng.

Eng yirik soliq toʻlovchilar quyidagilar boʻldi:

  • “International Foodchain” MChJ (KFC) — 83,2 mlrd soʻm
  • “Mak Food Servis” MChJ (EVOS) — 62,4 mlrd soʻm
  • “Oqtepa-Food Service” MChJ (Oqtepa Lavash)— 35,4 mlrd soʻm
  • “Ketring” MChJ — 34,9 mlrd soʻm
  • “Good Food Catering” MChJ — 8,7 mlrd soʻm

Shuningdek, “Feedup Eco”, “Savdo”, “PG Eastern Group”, “MaxWay Food”, “Bellissimo Pizza International” kabi kompaniyalar ham eng yirik soliq toʻlovchilar qatoridan joy oldi.

TOP-20 korxonalarda soliq tuzilmasi

TOP-20 soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlangan soliqlar tarkibida:

  • qoʻshilgan qiymat soligʻi — 130,4 mlrd soʻm (42,6%)
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi — 82,7 mlrd soʻm (26,8%)
  • foyda soligʻi — 51,3 mlrd soʻm (16,7%)
  • ijtimoiy soliq — 37,0 mlrd soʻm (12,1%)
  • boshqa soliqlar — 5,4 mlrd soʻm (1,8%) ni tashkil etgan.

Maʼlumotlarga koʻra, TOP-20 korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 4,28 trillion soʻm, ularga berilgan soliq imtiyozlari esa 43,7 milliard soʻmga teng boʻlgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+