12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

14 400.040 so‘m

decrease

-142.760

162.630 so‘m

increase

1.560

12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

3 kun avval
Iqtisodiyot

Ketma-ket pasayishlardan soʻng aprel oyida Oʻzbekistonga avtomobil importi yana koʻpaydi

Aprel oyida Oʻzbekistonga 5111 dona yengil avtomobil olib kelingan boʻlib, ushbu miqdor 1,3 barobarga oshdi. 

Eng katta oʻsish elektromobillarda boʻlib, ularning soni 6,8 barobarga koʻpayib, umumiy importdagi ulushi 60 foizdan oshdi. 

Shu bilan birga, benzinli va gibrid avtomobillar importi ancha kamaydi.

Ketma-ket pasayishlardan soʻng aprel oyida Oʻzbekistonga avtomobil importi yana koʻpaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

Bir necha oylik pasayishardan soʻng aprel oyida avtomobil importi yana oshdi

Oʻtgan oyda Oʻzbekistonga 5111 dona yengil avtomobil import qilingan boʻlib, ularning umumiy qiymati $98,54 mlnni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan miqdor jihatidan 1,3 barobar, qiymat jihatidan esa 1,1 barobar oshgan.

Import tarkibida benzinli avtomobillar soni 1 654 taga tushib, 1,4 baravarga kamaydi. Ularning import qiymati $55,7 mlndan $36,24 mlngacha tushdi (1,5 baravar pasayish). Mazkur toifadagi avtomobillar oʻrtacha narxi esa QQS va bojxona toʻlovlarisiz 21,91 ming dollarni tashkil etdi.

Elektr avtomobillari boʻyicha esa mutlaqo boshqa holat kuzatildi. Ularning importi son jihatidan 470 donadan 3 193 tagacha, yaʼni 6,8 barobar oshdi. Qiymat koʻrsatkichlari ham shunga mos ravishda 6,9 barobar koʻtarilib, $57,08 mlnni tashkil etdi. Elektromobillarning oʻrtacha narxi $17,87 mingni tashkil etdi.

Shuningdek, oʻtgan oyda 235 dona benzin va elektrda harakatlanuvchi (gibrid) yengil avtomobil import qilindi. Bu koʻrsatkich miqdor jihatidan 4,4 baravarga kamaydi. Gibrid avtomobillar umumiy qiymati 78% ga pasayib, $4,62 mlnni tashkil etdi. Ularning oʻrtacha narxi $21,17 mingdan $19,67 minggacha tushdi.

Aprel oyida mamlakatga yil boshidan beri ilk bor 29 dona dizel dvigatelli yengil avtomobil import qilindi. Ularning umumiy qiymati $586,1 mingni tashkil etdi.

Oylik oʻsishga qaramasdan yil boshidan to shu kungacha mamlakatga avtomobil importi miqdor jihatidan 2,17 baravarga — 14 068 tagacha, qiymat jihatidan esa 2,68 baravarga — $213,55 mln gacha kamaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+