11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

11-noyabr, 2025
Iqtisodiyot
549

Kelajakda pul yoʻqoladi, uning oʻrnini energiya birliklari egallaydi — Ilon Mask

Amerikalik milliarder Ilon Mask Tesla aksiyadorlari yigʻilishida yaqin kelajakda anʼanaviy pul tizimi oʻrnini energiya birliklari egallashi mumkinligini aytdi. Mask, shuningdek, hazil tariqasida aksiyadorlarga Tesla aksiyalarini saqlab qolishni maslahat berdi.

Kelajakda pul yoʻqoladi, uning oʻrnini energiya birliklari egallaydi — Ilon Mask
AI/Pinkod.uz

Amerikalik milliarder Ilon Mask kelajakda pul yoʻqolib ketishi mumkinligini aytdi. Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, ularning ekvivalenti sifatida energiya birliklari xizmat qiladi. Bu haqda u Tesla kompaniyasi aksiyadorlari yigʻilishida bayonot berdi.

Shu bilan birga, milliarder hazil aralash tarzda Tesla aksiyadorlariga kompaniya aksiyalarini saqlab qolishni maslahat berdi.

Avvalroq Tesla investorlari Ilon Maskni boshqaruvdagi muvaffaqiyati uchun deyarli bir trillion dollarlik mukofot bilan taqdirlashni maʼqullashgan edi. Bunday qarorni kompaniyaning yillik aksiyadorlar yigʻilishida ovoz berganlarning 75 foizidan ortigʻi qoʻllab-quvvatlagan.

Mask ushbu toʻliq summani olish uchun kompaniya kapitallashuvini 1,5 trillion dollardan 8,5 trillion dollargacha oshirishi kerak boʻladi. Shuningdek, shartlar qatorida avtonom transport vositalari va insonsimon robotlarni joriy etish ham bor. Bundan tashqari, kompaniya foydasi yuzlab milliard dollar darajasiga yetishi lozim. Mukofot toʻlovlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va ular erishilgan natijalarga bogʻliq boʻladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+