12 190.570 so‘m

increase

18.390

14 303.200 so‘m

decrease

-53.890

157.480 so‘m

increase

0.030

12 190.570 so‘m

increase

18.390

6 soat avval
Bank
26

KDB Bank Uzbekistan’ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

KDB Bank Uzbekistan aksiyadorlarining navbatdan tashqari yigʻilishida Ju Dong Bin bank Boshqaruv raisi etib tayinlandi. Avvalgi rahbar Li Yong Lok oʻz xohishiga koʻra lavozimidan ketgan edi.

KDB Bank Uzbekistan’ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

KDB Bank Uzbekistanʼga yangi boshqaruv raisi tayinlandi. Bu haqda bankning korporativ maʼlumotlarida maʼlum qilingan.

27 fevral kuni KDB Bank Uzbekistan aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish kun tartibidagi asosiy masala bank boshqaruvi raisini tayinlash bilan bogʻliq boʻldi.

Kuzatuv kengashi Ju Dong Bin nomzodini bank boshqaruvi raisi lavozimiga tavsiya qildi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori bilan u bir ovozdan “KDB Bank Oʻzbekiston” AJ Boshqaruv raisi etib tasdiqlandi.

Avvalroq bankni boshqarib kelgan Li Yong Lok oʻz xohishiga koʻra lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi. Oʻsha paytda “Koreya Taraqqiyot Banki” (KDB) tomonidan Ju Dong Bin nomzodi ilgari surilgan edi.

Yangi rahbar rasman ish boshlagunga qadar bank boshqaruvi vaqtincha Kim Xang Sun zimmasiga yuklatilgan.

Shuningdek, 27 fevral kuni Koreya Taraqqiyot Bankining Global biznes departamenti bosh menejeri Kim Eun Young ham bank Kuzatuv kengashi aʼzosi etib saylandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+