12 198.280 so‘m

decrease

-30.300

14 241.490 so‘m

decrease

-41.490

156.570 so‘m

increase

0.610

12 198.280 so‘m

decrease

-30.300

4 soat avval
Bank
36

KDB Bank, “Universalbank”, “Turonbank” va Open Bank I chorakda qancha foyda oldi?

Hisobotlarga koʻra, yanvar–mart oylarida KDB Bank Uzbekistan 180,7 mlrd soʻm, “Universalbank” 77,8 mlrd soʻm, “Turonbank” 7,5 mlrd soʻm va Open Bank 1,2 mlrd soʻm sof foyda qayd etgan.

KDB Bank, “Universalbank”, “Turonbank” va Open Bank I chorakda qancha foyda oldi?
Foto: AI/Pinkod.uz

Avvalroq Oʻzsanoatqurilishbank 2026 yilning birinchi choragida qayd etgan sof foydasi haqida xabar bergan edik

Mamlakatning yana bir qator tijorat banklari ham yanvar–mart oylariga oid moliyaviy hisobotlarini eʼlon qildi.

KDB Bank Uzbekistan

Bank 2026 yil I choragida 180,7 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 21,3 foizga koʻp.

Hisobot davrida bankning foizli daromadlari 257 mlrd soʻmni, foizsiz daromadlari esa 72,4 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bank tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan daromad soligʻi 16,3 mlrd soʻm etib belgilangan.

Universalbank

Universalbank 2026 yil yanvar–mart oylarida 77,8 mlrd soʻm sof foyda oldi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,6 foizga yuqori.

Bankning foizli daromadlari 222,8 mlrd soʻm, foizsiz daromadlari esa 229,8 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bank toʻlashi kerak boʻlgan daromad soligʻi 14,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Turonbank

Turonbank yilning dastlabki uch oyida 7,5 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan deyarli oʻzgarmagan.

Hisobotga koʻra, bankning foizli daromadlari 497,2 mlrd soʻm, foizsiz daromadlari esa 111,4 mlrd soʻmni tashkil etgan. Shu bilan birga, jami foizli xarajatlar 451,4 mlrd soʻmga yetgan.

Open Bank

Open Bank 2026 yilning birinchi choragida 1,2 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi.

Bank sof foizli daromadlar boʻyicha 5,6 mlrd soʻm zarar qayd etgan boʻlsa-da, foizsiz daromadlar 85,4 mlrd soʻmga yetgan. Hisobot davrida bankning jami operatsion xarajatlari 40 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Shundan 14,7 mlrd soʻmi xodimlar ish haqi va boshqa tegishli xarajatlarga sarflangan.

Bank tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan daromad soligʻi 0,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+