12 073.420 so‘m

decrease

-72.230

14 134.350 so‘m

decrease

-134.360

164.470 so‘m

increase

0.140

12 073.420 so‘m

decrease

-72.230

7 soat avval
Work&life
49

Katta yoshdagilar ChatGPT‘ni Google oʻrnida, yoshlar esa maslahatchi sifatida ishlatmoqda — Sem Altman

OpenAI rahbari Sem Altman ChatGPT’dan foydalanish odatlari avlodlarga qarab keskin farq qilishini aytdi. Uning fikricha, Gen Z vakillari sunʼiy intellektni oddiy qidiruv vositasi emas, balki hayotni boshqarishga yordam beradigan tizim sifatida koʻrmoqda.

Katta yoshdagilar ChatGPT‘ni Google oʻrnida, yoshlar esa maslahatchi sifatida ishlatmoqda — Sem Altman
Foto: AI/Pinkod.uz

ChatGPT tobora takomillashib borgani sari, undan amaliy foydalanish imkoniyatlari ham kengayib bormoqda. OpenAI bosh direktori Sem Altmanning aytishicha, turli avlod vakillari ChatGPT’dan turlicha foydalanadi.

“Bu juda umumlashtirilgan fikr, lekin katta yoshdagilar ChatGPT’dan koʻproq Google oʻrnida foydalanadi. 20–30 yoshdagilar uni hayotiy maslahatchi sifatida ishlatishi mumkin. Kollej talabalari esa undan deyarli operatsion tizimdek foydalanmoqda”, — dedi Altman Sequoia Capital’ning AI Ascent tadbirida.

Gen Z ChatGPT’dan qanday foydalanmoqda?

Altmanning taʼkidlashicha, yoshlar ChatGPT’ni oddiy qidiruv vositasi sifatida emas, balki kundalik hayotini boshqarishga yordam beradigan tizim sifatida ishlatmoqda. Ular uni turli fayllar bilan bogʻlaydi, murakkab sozlamalardan foydalanadi va kerakli prompt’larni yodlab oladi yoki alohida saqlab qoʻyadi.

“Menimcha, bularning barchasi juda qiziq va taʼsirli”, — dedi Altman. “Yana bir jihat bor: ular ChatGPT’dan soʻramasdan turib deyarli hayotiy qarorlar qabul qilishmaydi”.

OpenAI’ning 2025 yilda eʼlon qilgan hisobotiga koʻra, AQShda kollej yoshidagi yoshlar ChatGPT’dan eng faol foydalanayotgan guruhlardan biri hisoblanadi. Hisobotda 18–24 yoshdagi foydalanuvchilarning uchdan bir qismidan koʻprogʻi ChatGPT’dan foydalanishi qayd etilgan.

Yosh foydalanuvchilar uchun ChatGPT’ning avvalgi suhbatlarni eslab qolish imkoniyati ham muhim ahamiyatga ega. Altmanning aytishicha, model foydalanuvchining hayotidagi odamlar, ular bilan boʻlgan suhbatlar va turli vaziyatlar boʻyicha keng kontekstga ega boʻlishi mumkin.

Hisobotlarga koʻra, odamlar ChatGPT’dan munosabatlar boʻyicha maslahat olish, biznes gʻoyalarni muhokama qilish, tibbiy savollarga javob izlash va hatto psixologik koʻmak sifatida foydalanmoqda.

Biroq mutaxassislar ChatGPT’dan muhim hayotiy qarorlar boʻyicha maslahat olish masalasida yakdil fikrda emas. Ayrim tadqiqotchilar xavfsizlik, tibbiyot yoki shaxsiy hayotga oid masalalarda sunʼiy intellekt javoblarini mutaxassis fikri bilan tekshirish zarurligini taʼkidlaydi. Boshqa tomondan, ayrim tadqiqot va tajribalar ChatGPT oddiy maslahatlar berishda foydali boʻlishi mumkinligini koʻrsatmoqda.

Altman esa yoshlar va katta avlod vakillarining ChatGPT’dan foydalanish uslubi oʻrtasidagi farq juda katta ekanini aytdi.

“Bu menga smartfonlar endi chiqqan davrni eslatadi. Bolalar undan juda tez va yaxshi foydalanishni oʻrganib olgan edi. Katta yoshdagilarga esa oddiy funksiyalarni tushunib olish uchun ham ancha vaqt kerak boʻlgan”, — dedi u.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+