12 303.160 so‘m

increase

23.680

14 507.890 so‘m

decrease

-0.320

159.760 so‘m

increase

0.510

12 303.160 so‘m

increase

23.680

Yaqin 3 soat ichida
Bank
13

KATM ilovasida kafil boʻlishdan oldin kredit tarixini tekshirish imkoni paydo boʻldi

Kredit byurosi maʼlumotiga koʻra, KATM mobil ilovasida kafil va kredit majburiyatlariga oid uchta yangi pullik xizmat joriy etildi. 

Ular orqali foydalanuvchilar kredit tarixini tekshirish, kafillik majburiyatlarini nazorat qilish hamda muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha maʼlumot olishi mumkin.

KATM ilovasida kafil boʻlishdan oldin kredit tarixini tekshirish imkoni paydo boʻldi
Foto: AI/Pinkod.uz

KATM mobil ilovasida foydalanuvchilar uchun uchta yangi pullik xizmat joriy etildi. Bu haqda kredit byurosi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Ishonchli kafil” xizmati

Ushbu xizmat kafil bo‘lishdan oldin qarz oluvchining kredit tarixini tekshirish imkonini beradi. Jumladan, uning amaldagi majburiyatlari, to‘lov intizomi hamda kredit skoring balli haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish narxi — 8 240 so‘m.

“Kimga kafilman” xizmati

Mazkur xizmat orqali foydalanuvchi qaysi shaxslarga kafil ekanligini ko‘rishi, mavjud kafillik majburiyatlarini nazorat qilishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy xatarlarni baholashi mumkin. Xizmat narxi — 2 060 so‘m.

“Muddati o‘tgan to‘lovlar” xizmati

Ushbu xizmat asosiy qarzdorlik bo‘yicha 90 kundan ortiq kechiktirilgan to‘lovlar kredit tarixidan qachon chiqarilishi (o‘chirilishi) muddatini kuzatib borish imkonini beradi. Xizmatdan foydalanish qiymati — 4 120 so‘m.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+