12 265.770 so‘m

increase

7.390

14 492.010 so‘m

increase

36.930

159.070 so‘m

decrease

-0.420

12 265.770 so‘m

increase

7.390

8 soat avval
Iqtisodiyot
36

Kam taʼminlangan oilalarga 184 mlrd soʻmga yaqin QQS qaytarildi

Oʻzbekistonda 2025 yil davomida kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 184 milliard soʻmga yaqin QQS mablagʻlari qaytarildi. Davlat soliq xizmati maʼlumotlariga koʻra, yil davomida 375 mingdan ortiq fuqaro xarid cheklari orqali ijtimoiy keshbek olish imkoniyatidan foydalangan.

Kam taʼminlangan oilalarga 184 mlrd soʻmga yaqin QQS qaytarildi
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yil yanvar–dekabr oylarida kam taʼminlangan aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida xarid cheklari orqali toʻlangan ijtimoiy keshbek (QQS) hajmi 184 mlrd soʻmga yaqinni tashkil etdi. Bu haqda Davlat soliq xizmati maʼlumotlarida keltirilgan (2026 yil 4 fevral holatiga).

Yil davomida mazkur mexanizm orqali 375,6 ming nafar isteʼmolchiga mablagʻlar qaytarilgan. Shu davr mobaynida 7,69 mln dona chek asosida ijtimoiy keshbek hisoblangan.

Maʼlumotlarga koʻra, 2025 yil dekabr oyining oʻzida:

  • 217,3 ming nafar foydalanuvchiga
  • 1,1 mln dona chek boʻyicha
  • 40,8 mlrd soʻm ijtimoiy keshbek toʻlab berilgan.

Hududlar kesimida eng yuqori koʻrsatkichlar

Ijtimoiy keshbek summasi eng koʻp toʻlangan hududlar quyidagilar boʻldi:

  • Samarqand viloyati — 42 mlrd soʻm
  • Toshkent shahri — 31,6 mlrd soʻm
  • Andijon viloyati — 25,5 mlrd soʻm

Shuningdek, Toshkent viloyati (18,3 mlrd soʻm), Fargʻona (14,6 mlrd soʻm) va Namangan (10,7 mlrd soʻm) viloyatlarida ham yuqori faollik kuzatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+