Ish vaqtidan tashqari mehnat uchun haq toʻlash tartibi oʻzgardi
Endilikda ish vaqtidan tashqari mehnat uchun toʻlanadigan haq ish soatlari miqdoriga qarab belgilanadi: birinchi ikki soat uchun kamida 1,5 barobar, ikki soatdan ortiq qismi uchun esa kamida ikki barobar miqdorda haq toʻlanadi. Ilgari esa ish vaqtidan tashqari bajarilgan mehnat uchun ish soatiga qaramasdan ikki hissa haq toʻlanar edi.

Ish vaqtidan tashqari mehnat haqi toʻlash tartibi yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot kanali maʼlum qildi.
2025 yil 11 noyabr kuni qabul qilingan OʻRQ–1095-sonli Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ushbu oʻzgartishlar Migratsiya agentligi vakolatlarini aniqlashtirish, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytirish, shuningdek ish vaqtidan tashqari mehnat uchun haq toʻlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Qonunga muvofiq, xususiy bandlik agentliklariga quyidagi yangi huquqlar berildi:
- ish qidirayotgan shaxslar uchun kasb-hunar va chet tillari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish hamda bu jarayonga chet el ish beruvchilarini jalb qilish;
- zaxira mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish va ulardan olingan foiz daromadlaridan mustaqil ravishda foydalanish.
Shuningdek, Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra:
Shuningdek, Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, ish vaqtidan tashqari mehnatning yillik 120 soatdan oshmasligi haqidagi cheklov bekor qilindi va ish vaqtidan tashqari mehnat haqi toʻlashning aniq tartibi belgilandi. Bunda:
- birinchi 2 soat uchun — kamida 1,5 barobar,
- 2 soatdan ortiq qismi uchun — kamida 2 barobar miqdorda haq toʻlanadi.
Avval amalda boʻlgan tartibga koʻra, ish vaqtidan tashqari bajarilgan mehnat uchun ish soati miqdoriga qaramasdan ikki hissa haq toʻlanar edi.









