12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

5 kun avval
Texnologiya

iPhone narxlari soʻnggi yillar ichida ilk marotaba oshishi kutilmoqda

AQSh–Xitoy oʻrtasidagi bojxona tariflari, komponentlar narxining koʻtarilishi va inflyatsiya tufayli “Air”, “Pro” hamda “Pro Max” modellari uchun 50 dollargacha qoʻshimcha narx qoʻshilishi prognoz qilinmoqda. Oddiy iPhone 17 esa $799 narxda qolishi mumkin.

iPhone narxlari soʻnggi yillar ichida ilk marotaba oshishi kutilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Apple 2025 yil sentabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 17 seriyasi bilan birga narx siyosatida ham oʻzgarishlar qilishi mumkin. Bu haqida Pinkod avvalroq yozgan edi.

Soʻnggi yillarda barqaror saqlanib kelgan narxlar bu safar oshishi ehtimoli katta. Xususan, yangi “Air”, “Pro” va “Pro Max” modellari uchun 50 dollargacha koʻtarilish prognoz qilinmoqda, oddiy iPhone 17 esa $799 boshlangʻich narxida qolishi mumkin.

Narx oshishining asosiy sabablari

Mutaxassislar narxlarning oshishiga bir nechta omillar sabab boʻlishini taʼkidlashmoqda:

Bojxona bojlari — AQShning Xitoyda ishlab chiqarilgan iPhoneʼlar uchun joriy etgan tariflari ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli oshirdi.

Xomashyo va komponentlar narxining koʻtarilishi — global bozorlardagi inflyatsiya va yetkazib berish zanjiridagi qiyinchiliklar bunga taʼsir qilmoqda.

Geosiyosiy omillar — savdo-sotiqdagi tarangliklar ishlab chiqarish va logistika xarajatlarini yanada oshirmoqda.

Texnologiya manbalariga koʻra, AQSh bozorida iPhone 17ʼlarning taxminiy narxlari quyidagicha boʻlishi mumkin:

iPhone 17 Air — $949

iPhone 17 Pro — $1,049

iPhone 17 Pro Max — $1,249

Narx oshishidan kelib chiqadigan salbiy fikrlarni yumshatish uchun Apple Pro modellarning boshlangʻich xotirasini 256 GBʼgacha oshirishi mumkin. Bu foydalanuvchilarga qoʻshimch qiymat berishi kutilmoqda.

Yangi iPhone 17 seriyasi 2025 yil sentabr boshida, taxminan 9–10-sentabr kunlari taqdim etilishi kutilmoqda. Shundan soʻng, oldindan buyurtmalar ochiladi va qoʻshimcha tafsilotlar eʼlon qilinadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+