12 447.350 so‘m

increase

86.490

14 545.970 so‘m

increase

66.460

146.080 so‘m

increase

0.420

12 447.350 so‘m

increase

86.490

13 soat avval
Bank

InFInBank boshqaruvida oʻzgarishlar roʻy berdi

11 sentabr kuni boʻlib oʻtgan Kuzatuv kengashi yigʻilishi qaroriga muvofiq, Bobur Burxanov kengash raisi etib saylandi, shuningdek, boshqaruvda yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

InFInBank boshqaruvida oʻzgarishlar roʻy berdi
Foto: AI/Pinkod.uz

InFInBank aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tarkibida muhim oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda Korporativ maʼlumotlar yagona portalida maʼlum qilindi.

11 sentabr kuni bank Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda tashkilot boshqaruvida bir qator kadrlar masalasi koʻrib chiqildi. 

Yigʻilish yakunida kengash aʼzolari bir ovozdan Bobur Nodirxonovich Burxanovni InFInBank AJ Kuzatuv kengashi raisi etib saylash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Bobur Burxanov bank tizimida katta tajribaga ega mutaxassis boʻlib, 2018 yil mayidan 2023 yil dekabrigacha InFInBank AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 

Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, bank boshqaruvida ham oʻzgarishlar boʻldi. Jumladan, Baxtiyorjon Joʻrayev InFInBank boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, shu vaqtgacha boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Dilshod Xojiev oʻz lavozimidan ozod etildi. Endilikda u Kuzatuv kengashi raisining vakili (filiallar tarmogʻi samaradorligi boʻyicha) sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+