12 242.170 so‘m

increase

17.010

14 522.890 so‘m

decrease

-37.280

159.900 so‘m

decrease

-2.110

12 242.170 so‘m

increase

17.010

17 soat avval
Texnologiya
71

Ilon Mask SpaceX va xAI’ni birlashtirib, trillion dollarlik texnogigant yaratdi

Ilon Mask SpaceX’ni oʻzining sunʼiy intellekt startapi xAI bilan birlashtirdi. Bitim natijasida yangi kompaniya 1,25 trillion dollarga baholanib, dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi.

Ilon Mask SpaceX va xAI’ni birlashtirib, trillion dollarlik texnogigant yaratdi
Foto: AI/Pinkod.uz

SpaceX xAI kompaniyasini sotib oldi va shu orqali Ilon Maskga tegishli boʻlgan kosmik texnologiyalar giganti uning sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi biznesi bilan birlashdi. 

Ushbu bitim natijasida yagona kompaniya shakllandi. Uning umumiy bozor qiymati taxminan 1,25 trillion dollar deb baholanmoqda. Bu koʻrsatkich bilan u hozirda dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi. Bu haqda Ilon Mask rasman maʼlum qildi.

Bitim doirasida kompaniyalar alohida baholangan. Jumladan, SpaceX 1 trillion dollar, xAI esa 250 milliard dollar qiymatida baholangan. Yaʼni, SpaceX xAI’ni toʻliq oʻz tarkibiga qoʻshib oldi.

Ilon Maskning aytishicha, birlashgan kompaniya vertikal integratsiyalashgan “innovatsiya dvigateli” sifatida ishlaydi. Bu degani, ilmiy tadqiqot, texnologiya, ishlab chiqarish va amaliy qoʻllash bosqichlari bitta tizimda birlashtiriladi.

Birlashuvning eng muhim maqsadlaridan biri — orbital maʼlumotlar markazlarini yaratish. Gap quyosh energiyasida ishlaydigan, Yer orbitasida joylashgan sunʼiy yoʻldoshlar haqida ketmoqda. Ular sunʼiy intellekt uchun zarur boʻlgan katta hisoblash quvvatini kosmosning oʻzida bajaradi. Bu orqali Yerda mavjud boʻlgan elektr energiyasi yetishmovchiligi va sovitish muammolarini chetlab oʻtish rejalashtirilgan.

Bitimdan soʻng SpaceX xxAI’ning barcha asosiy aktivlarini oʻz nazoratiga oldi. Ular orasida Grok sunʼiy intellekt chatboti va X ijtimoiy tarmogʻi (sobiq Twitter, xAI uni 2025 yil mart oyida sotib olgan) ham mavjud.

Sotib olish jarayoni naqd pul orqali emas, balki SpaceX tomonidan taxminan 250 milliard dollarlik yangi aksiyalar chiqarish orqali amalga oshirilgan. Yaʼni, xAI egalari SpaceX aksiyalariga ega boʻlishdi.

Tahlilchilar va ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ushbu bitim katta IPO’ga tayyorgarlik bosqichi boʻlishi mumkin. Maʼlumotlarga koʻra, SpaceX aksiyalarini ommaga chiqarish jarayoni 2026 yil iyun oyidayoq boshlanishi ehtimoldan xoli emas. Ushbu IPO orqali kompaniya 50 milliard dollardan ortiq mablagʻ jalb qilishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+