12 938.110 so‘m

increase

18.110

14 076.660 so‘m

decrease

-25.520

149.990 so‘m

increase

0.470

12 938.110 so‘m

increase

18.110

11-fevral, 17:07
Texnologiya

Ilon Mask OpenAI’ni sotib olishga harakat qilmoqda

U va boshqa bir guruh investorlar ChatGPT’ga egalik qiluvchi kompaniyani sotib olish uchun qariyb $100 mlrdlik taklif bilan chiqdi.

Ilon Mask OpenAI’ni sotib olishga harakat qilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Ilon Mask boshchiligidagi investorlar OpenAI’ni nazorat qiluvchi notijorat tashkilotni sotib olish uchun 97,4 milliard dollar taklif qilmoqda. Bu haqida Wall Street Journal xabar berdi.

Maskning advokati Mark Toberoff 11 yanvar kuni OpenAI direktorlar kengashiga notijorat tashkilotning barcha aktivlarini sotib olish boʻyicha taklif kiritganini maʼlum qildi.

Ushbu kutilmagan taklif Altmanning OpenAI kelajagi boʻyicha rejalashtirgan strategiyasiga jiddiy toʻsiq boʻlishi mumkin. U OpenAI’ni toʻliq tijorat kompaniyasiga aylantirish va Stargate deb nomlangan qoʻshma korxona orqali AI infratuzilmasiga 500 milliard dollargacha mablagʻ sarflashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Altman va Mask OpenAI yoʻnalishi boʻyicha allaqachon sudda kurash olib bormoqda.

“OpenAI’ni oʻzining ochiq manbali, xavfsizlikka yoʻnaltirilgan va jamiyatga foydali boʻlgan asl maqsadiga qaytishi kerak. Biz bunga albatta erishamiz” dedi Mask oʻz bayonotida.

Altman esa X (sobiq Twitter) platformasida Maskning taklifiga javoban: “Yoʻq, rahmat, lekin agar xohlasangiz, biz Twitter’ni 9,74 milliard dollarga sotib olishimiz mumkin”, deb hazil qildi. U Maskning OpenAI’ni sotib olish taklifidagi raqamdagi vergulini bir oʻrin chapga surib qoʻydi.

Bu vaziyatni yanada murakkablashtirayotgan omil Microsoft bilan OpenAI hamkorligidir. Microsoft kompaniyaga milliardlab sarmoya kiritgan boʻlib, OpenAI’ning GPT-4 texnologiyasini oʻz dasturlariga integratsiya qilgan. Bu esa Microsoft’ning AI sanoatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

"Biz X.AI’da OpenAI menga vaʼda qilgan qadriyatlarga amal qilamiz. Biz Grok’ni ochiq manbaga aylantirib, kontent yaratuvchilarining huquqlarini hurmat qilamiz”, dedi Mask, X.AI tomonidan yaratilgan sunʼiy intellekt ilovasiga ishora qilib.

Investorlar guruhiga Maskning X.AI kompaniyasi, Baron Capital Group, Valor Management, Altreides Management, Vy Fund III, Emanuel Capital Management va Eight Partners VC kiradi, deb maʼlum qildi investorlar vakili Mark Toberoff.

97,4 milliard dollarlik taklifdan olingan mablagʻlar “faqatgina OpenAI’ning dastlabki notijorat maqsadlarini rivojlantirish uchun sarflanadi”, dedi investorlar guruhi oʻz bayonotida. Bundan tashqari, Ilon Mask boshchiligidagi investorlar kimdir bundanda yuqoriroq taklif bersa, ular bilan ham raqobatlashishga tayyorligiga ishoralar mavjud.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+