12 021.610 so‘m

decrease

-38.170

14 092.930 so‘m

decrease

-36.310

150.440 so‘m

increase

0.370

12 021.610 so‘m

decrease

-38.170

12 daqiqa avval
Work&life
26

Ilon Mask boyligi $700 mlrddan oshgan tarixdagi birinchi odamga aylandi

Delaver Oliy sudining Tesla’dagi 2018 yilgi ish haqi paketini qayta tiklash qaroridan soʻng Ilon Maskning boyligi $749 mlrdga yetdi.

Ilon Mask boyligi $700 mlrddan oshgan tarixdagi birinchi odamga aylandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Ilon Maskning boyligi $749 mlrdga yetdi. Shu bilan u tarixda boyligi $700 mlrddan oshgan birinchi insonga aylandi.

Boylikning keskin oshishiga asosiy sabab Delaver shtati Oliy sudi Maskning 2018 yilda Tesla‘da tasdiqlangan ish haqi paketini qayta tiklagani boʻldi. Ushbu paket hozirgi hisob-kitoblarga koʻra, Maskka $139 mlrdga teng Tesla aksiyalarini beradi.

Avvalroq, 2024 yilda sud mazkur paketni bekor qilgan edi. Biroq endi sud Mask barcha belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlarini toʻliq bajarganini va paketni bekor qilish adolatsiz qaror boʻlganini taʼkidladi. Taʼkidlash joizki, bu kompensatsiya rejasi Tesla aksiyadorlari tomonidan 2018 yilda rasman maʼqullangan.

Bundan oldin, dushanba kuni Ilon Mask $600 mlrddan oshiq boylikka ega boʻlgan tarixdagi ilk shaxsga aylangandi. Bu oʻsishga uning raketa ishlab chiqaruvchi SpaceX kompaniyasi qiymatining keskin oshgani sabab boʻldi. Yaqinda SpaceX tender taklifi oʻtkazib, kompaniya qiymatini $800 mlrd deb baholadi. Bu koʻrsatkich avgust oyidagi bahodan ikki baravar yuqori. Hozirda SpaceX’ning taxminan 42 foizi Ilon Maskga tegishli.

SpaceX 2026 yilda IPO oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Agar kompaniya ommaviy bozorga $1,5 trln atrofida chiqsa, Mask avtomatik ravishda trillionerga aylanishi mumkin. Hatto IPO boʻlmagan taqdirda ham, Maskning SpaceXʼdagi ulushi hozir uning eng qimmat aktivi boʻlib, taxminan $336 mlrdga baholanmoqda.

Ayni paytda Mask dunyodagi ikkinchi eng boy inson Google asoschisi Larri Peyjdan qariyb $500 mlrdga boyroq. Bunga Tesla’ning yuqori bozor bahosi hamda investorlarning avtonom avtomobillar texnologiyasiga boʻlgan ishonchi asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+