12 015.960 so‘m

decrease

-26.530

14 051.460 so‘m

decrease

-96.060

160.300 so‘m

decrease

-0.250

12 015.960 so‘m

decrease

-26.530

2 soat avval
Iqtisodiyot
28

Ikkita Oʻzbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalar roʻyxatiga kiritildi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 20-paketi doirasida Oʻzbekistondagi Fargʻona kimyo zavodi hamda Raw Materials Cellulose kompaniyasini sanksiyalar roʻyxatiga kiritdi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu korxonalar Rossiya harbiy sanoati bilan bogʻliq yetkazib berish zanjirida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur ikki kompaniya avvalroq Buyuk Britaniya sanksiyalar roʻyxatiga ham kiritilgan.

Ikkita Oʻzbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalar roʻyxatiga kiritildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi urushiga javoban sanksiyalarning 20-paketini eʼlon qildi. Yangi roʻyxatdan ikkita oʻzbekistonlik kompaniya ham oʻrin oldi.

Gap Fargʻona paxta sellyulozasi kimyo zavodi hamda Jizzax viloyatida joylashgan Raw Materials Cellulose kompaniyasi haqida bormoqda. 

Rasmiy bayonotga koʻra, ushbu korxonalar paxta sellyulozasi ishlab chiqarib, mahsulotlarini Rossiyadagi Perm va Qozon porox zavodlariga yetkazib bergan. Mazkur xomashyo keyinchalik Rossiya armiyasi ehtiyojlari uchun ishlatilgan porox ishlab chiqarishda qoʻllangan.

Undan tahsqari Fargʻona kimyo zavodi Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan Rustam Moʻminov tomonidan boshqarilishi taʼkidlangan.

Avvalroq, sanksiyalarning 17-paketi doirasida ham Oʻzbekistondan bir kompaniya — “TRADE ENGINE SYSTEM” MChJ roʻyxatga kiritilgan edi. Ochiq maʼlumotlarga koʻra, kompaniya 2022 yil 27 iyul kuni roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2025 yil 20 may holatiga uning 100 foizlik taʼsischisi va rahbari Nasirjon Akbarov hisoblanadi.

Shuningdek, 2025 yil 20 dekabr kuni Buyuk Britaniya ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar roʻyxatini kengaytirgan. Yangilangan roʻyxatga 24 nafar yangi shaxs va tashkilot kiritilgan boʻlib, ular orasida Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi toʻrtta kompaniya va bir nafar tadbirkor ham bor.

Xususan, cheklovlar Fargʻona kimyo zavodi, Gelion Business Trade, Chemistry International va Raw Materials Cellulose kompaniyalariga, shuningdek, Toshkentda tugʻilgan tadbirkor Rustam Moʻminovga nisbatan qoʻllangan.

Mazkur sanksiyalar doirasida ushbu shaxs va tashkilotlarning Buyuk Britaniya hududidagi aktivlari muzlatiladi, ularga nisbatan qoʻshimcha moliyaviy va biznes cheklovlari joriy etiladi.

Eng qatʼiy choralar Fargʻona kimyo zavodiga nisbatan qoʻllangan: uning aktivlari muzlatilgan hamda unga nisbatan trast (ishonchli boshqaruv) xizmatlarini koʻrsatish taqiqlangan.

Britaniya rasmiylariga koʻra, ushbu zavod Ukraina suverenitetiga putur yetkazishda qoʻllanishi mumkin boʻlgan mahsulot yoki texnologiyalarni yetkazib bergan boʻlishi ehtimoldan xoli emas.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+