12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

16-dekabr, 2024
Soliq

Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilganlarga 12% miqdorida oshirilgan keshbek beriladi

Keshbek 9 turdagi mahsulotlar — qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, mol goʻshti, tuxum, oʻsimlik yogʻi, un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar xaridi uchun taqdim etiladi.

Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilganlarga 12% miqdorida oshirilgan keshbek beriladi
Foto: sunʼiy intellekt

Davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga yordam berish maqsadida, Soliq mobil ilovasi orqali odatiy 1% emas, balki oshirilgan 12% miqdorda keshbek olish imkoniyati mavjud.

Ijtimoiy keshbek “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga, chakana savdo obʼektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganida xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS summasini qaytarish orqali beriladi.

Bugungi kunda qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, mol goʻshti, tuxum, oʻsimlik yogʻi, un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar uchun QQS qaytariladi.

Buning uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan isteʼmolchi Soliq ilovasini yuklab olib, Face ID yordamida roʻyxatdan oʻtadi va ilovada xarid chekining QR-kodini skanerlashi kerak. “Ijtimoiy keshbek”ni “Keshbek va imtiyozlar” boʻlimida kuzatib borish mumkin.

QQS qaytarishda quyidagilar hisobga olinadi: 

  • xarid qilingan tovar QQS qaytariladigan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilganligi; 
  • xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligi; 
  • tadbirkor QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi.

Mazkur keshbek “Ijtimoiy himoya reyestri”dagi fuqarolarga  oyiga 3,4 mln soʻm (BHMning 10 baravari) miqdoridagi xaridlar doirasida qaytariladi;

QQS summasini chek roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan soʻng Soliq mobil ilovasi orqali qaytarib olish mumkin

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+