13 822.530 so‘m

increase

25.490

152.020 so‘m

increase

0.210

11 988.320 so‘m

increase

16.920

13 822.530 so‘m

increase

25.490

2 soat avval
Bank
17

HUMO 2024 yilgi foydasini taqsimladi

HUMO 2024 yilda olgan 168,3 mlrd soʻmlik sof foydaning 32,5 foiz yoki 64,7 mlrd soʻmi davlatga dividend sifatida toʻlanadi. Qolgan asosiy qismi, 105,1 mlrd soʻm (62,5 foiz), kompaniya ixtiyorida rivojlanish va investitsiya dasturlariga yoʻnaltirish uchun qoldirildi.

HUMO 2024 yilgi foydasini taqsimladi
Foto: AI / Pinkod.uz

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO) 2024 yilda olgan 168 mlrd 261,6 mln soʻm miqdoridagi sof foydasini taqsimladi.

2024 yil yakuni boʻyicha olingan sof foydaning 32,5 foizi, yaʼni soliqlar hisobga olingan holda 54 mlrd 685 mln soʻm davlat ulushiga toʻgʻri keladigan dividend sifatida toʻlanadi. Bu har bir aksiya uchun 541,21 soʻmni tashkil etadi. Mazkur mablagʻ toʻliq holda davlat byudjetiga oʻtkaziladi.

Shuningdek, sof foydaning 62,5 foizi yoki 105 mlrd 163,5 mln soʻmi kompaniya ixtiyorida qoldiriladi. Qolgan 5 foiz qismi, yaʼni taxminan 8,4 mlrd soʻm jamiyatning zaxira fondiga yoʻnaltiriladi.

Aprel oyida Pinkod kompaniyaning taqsimlanmagan sof foydasi 1-chorak boshidan beri 203,3 mlrd soʻmdan 251,3 mlrd soʻmgacha yetgani haqida xabar bergan edi. Bu esa HUMO shirkatining davlatga dividend sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan 203,3 mlrd soʻm bilan birga sotib olinganini anglatadi. Chunki ushbu davrda HUMO yuz foiz davlat mulki boʻlgan.

Yaʼni, HUMO’ni xarid qilish Paynet’ga 65 mln AQSh dollari yoki oʻsha paytdagi Markaziy bank kursi boʻyicha hisoblaganda 843,2 mlrd soʻmga emas, balki dividendlar chiqarib tashlanganda taxminan 640 mlrd soʻmga tushgan.

Biroq shunga qaramay, hozirgi qarorga muvofiq davlatga faqat 32,5 foizlik qismi dividend sifatida toʻlanmoqda.


Xususiylashtirishdan keyin HUMO foydasining oʻsishi

Xususiylashtirishdan keyin HUMO tariflarni ayrim yoʻnalishlarda 3 barobargacha oshirgan. Natijada, 2025 yilning birinchi yarmida uning sof foydasi 73 foizga, uchinchi chorakda esa 88 foizga oʻsgan.

Shuningdek, joriy yildan boshlab HUMO IT-Park rezidenti maqomini olib, 7,5 foizlik soliq imtiyozidan foydalanmoqda. 2025 yilning oʻtgan toʻqqiz oyi davomida kompaniya davlatga 14,4 mlrd soʻm daromad soligʻi toʻlagan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7,6 mlrd soʻmga kam.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+