11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

14-oktabr, 2025
Bank
1098

Hamkorbank’ning 9 oylik foydasi qariyb 1,3 trln soʻmga yetdi

Yanvar–sentabr oylarida bankning sof foydasi 1 trln 268 mlrd soʻmni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 226,7 mlrd soʻmga yoki 21,8 foizga koʻproqdir.

Hamkorbank’ning 9 oylik foydasi qariyb 1,3 trln soʻmga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Hamkorbank 2025 yilning 9 oylik moliyaviy hisobotini taqdim etdi. Unga koʻra, bank foydasida sezilarli oʻsish qayd etilgan.

Yanvar–sentabr oylarida bankning sof foydasi 1 trln 268 mlrd soʻmni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 226,7 mlrd soʻmga yoki 21,8 foizga koʻproqdir.

Yil boshidan beri bankning aktivlari ham oʻsishda davom etmoqda. Xususan, bankning jami aktivlari hajmi 22,7 foizga oʻsib, qariyb 32,5 trln soʻmga yetdi. Bankning oʻz kapitali esa 31,1 foizga koʻpayib, deyarli 6,3 trln soʻmni tashkil qildi. 

9 oy ichida bank 3,9 trln soʻmlik foizli daromadlar oldi (+20,8%). Foizsiz daromadlar esa 3,2 trln soʻmni tashkil qildi. Bu turdagi daromadlar avvalgi yilga nisbatan 49 foizga kamaydi.

Bank ushbu davrda xodimlar maoshi va boshqa xarajatlariga 889,3 mlrd soʻm, shuningdek, 281,7 mlrd soʻmlik daromad soligʻi toʻladi.


Maʼlumot uchun, Hamkorbank birinchi yarim yilik yakunlari boʻyicha 806,8 mlrd soʻmlik sof foyda bilan Oʻzbekistondagi uchinchi eng koʻp foyda olgan bank boʻlgan. Faqatgina Oʻzmilliybank va SQB yarim yillikni yuqoriroq natija bilan yakunlagan

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+