11 975.360 so‘m

decrease

-98.060

14 020.750 so‘m

decrease

-113.600

162.910 so‘m

decrease

-1.560

11 975.360 so‘m

decrease

-98.060

5 soat avval
Bank
53

“Hamkorbank” Toshkent markazidagi Qurilish vazirligi binosini qariyb 200 mlrd soʻmga sotib oldi

“Hamkorbank” Toshkent markazida joylashgan Qurilish vazirligining binosini 196,6 mlrd soʻmga xarid qildi. Bino nafaqat markaziy hududda, balki yirik bank ofislari va Tashkent City majmuasiga yaqin joylashgani bilan ham ahamiyatli hisoblanadi.

“Hamkorbank” Toshkent markazidagi Qurilish vazirligi binosini qariyb 200 mlrd soʻmga sotib oldi

Qurilish vazirligining poytaxt markazidagi binosi ikkinchi marotaba sotildi. Bu safargi auksionda 196,6 mlrd soʻmlik taklif bilan “Hamkorbank” gʻolib boʻldi.

Bino Abdulla Qodiriy va Abay koʻchalari kesishmasida, Oʻrda massivi hududida joylashgan. Uning yaqinida “Turonbank” ofisi, Yosh tomoshabinlar teatri hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi binosi bor. 

Shuningdek, yaqin hududda “Agrobank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Aloqabank”, “Asakabank” va BRB ofislari joylashgan. Tashkent City majmuasi ham ushbu hududga yaqin boʻlib, u yerda ham bir qator banklarning xizmat koʻrsatish nuqtalari mavjud.

Obʼektning umumiy maydoni 11 725 kvadrat metrni tashkil etadi. Unga tutash yer maydoni esa 0,48 gektarga teng. Binoda elektr energiyasi, gaz, suv taʼminoti va kanalizatsiya kabi barcha asosiy kommunikatsiyalar mavjud.

Lotning yangi boshlangʻich narxi 187,238 mlrd soʻm etib belgilangan. Savdo yakunida “Hamkorbank” 196,6 mlrd soʻmlik narx taklifi bilan binoni xarid qildi.

Lot ilk bor 2025 yil noyabr oyida davlat organlari binolarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq savdoga qoʻyilgan edi. Dekabr oyida oʻtkazilgan auksionda “Oʻzshahar Qurilish Invest” qurilish kompaniyasi 182,47 mlrd soʻmlik taklif bilan gʻolib boʻlgan

Oʻshanda bino 130,3 mlrd soʻmlik boshlangʻich narx bilan sotuvga chiqarilgan. Lotni boʻlib-boʻlib toʻlashimkoniyatit ham mavjud boʻlgan.


Avvalroq polshalik bankir Rafal Yushchak “Hamkorbank” boshqaruv raisi etib tayinlangani xabar qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+