12 169.410 so‘m

increase

36.930

14 359.900 so‘m

decrease

-0.100

158.950 so‘m

decrease

-0.140

12 169.410 so‘m

increase

36.930

27-dekabr, 2025
Texnologiya
564

Google foydalanuvchilarga @gmail.com elektron pochta manzilini oʻzgartirish imkonini joriy qildi

Yangilanish orqali foydalanuvchilarning barcha maʼlumotlari saqlab qolinadi. Xizmat esa bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Google foydalanuvchilarga @gmail.com elektron pochta manzilini oʻzgartirish imkonini joriy qildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Google uzoq kutilgan yangilikni eʼlon qildi. Endilikda Gmail foydalanuvchilari oʻz elektron pochta manzillarini oʻzgartirish imkoniga ega boʻladi

Yangilikka koʻra, foydalanuvchilar @gmail.com bilan tugaydigan amaldagi manzillarini yangisiga almashtirishi mumkin, bunda akkauntdagi barcha maʼlumotlar saqlanib qoladi.

Manzil oʻzgartirilganidan soʻng ham eski elektron pochta faol boʻlib qoladi va unga yuborilgan xatlar avtomatik tarzda yangi manzilga yetib boradi. Shuningdek,  xatlar, fayllar, suratlar va boshqa xizmatlar oʻz holicha saqlanadi.

Google’ning maʼlum qilishicha, ushbu funksiya bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va hozircha barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas. Shu sababli ayrim akkauntlarda bu imkoniyat vaqtincha koʻrinmasligi mumkin.

Yangi funksiya, ayniqsa, oʻsmirlik davrida yaratilgan noqulay yoki norasmiy elektron pochta manzillaridan voz kechmoqchi boʻlgan foydalanuvchilar tomonidan ijobiy kutib olindi. 

Taʼkidlash joizki, Google faqat @gmail.com bilan yakunlanuvchi manzillarni oʻzgartirishga ruxsat beradi. Yangi tanlanadigan manzil ham aynan shu domen bilan boʻlishi shart. Bundan tashqari, manzil oʻzgartirilgach, 12 oy davomida yana yangi elektron pochta qoʻshish imkoniyati berilmaydi.

Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun foydalanuvchilar Google hisobiga kirib, “Manage your Google Account” boʻlimiga oʻtishi, soʻng “Personal Info” sahifasida elektron pochta manzilini tanlab, agar mavjud boʻlsa, “Change your Google Account em

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+