12 073.290 so‘m

increase

21.580

14 158.350 so‘m

increase

149.440

155.160 so‘m

increase

0.470

12 073.290 so‘m

increase

21.580

Yaqin 11 daqiqa ichida
Bank
35

Fond birjasida SQB va Ipoteka bank aksiyalari bilan savdolar vaqtincha toʻxtatildi

“Toshkent” Respublika fond birjasida bank aksiyalari narxi qisqa vaqt ichida keskin oshgani sababli “Oʻzsanoatqurilishbank” hamda “Ipoteka-bank”ning oddiy aksiyalari bilan savdolar vaqtincha toʻxtatildi. Birjaning maʼlum qilishicha, aksiyalar qiymatining 10 ish kuni ichida 130 foizdan ortiq oʻsishi mazkur holatni har tomonlama oʻrganishni talab etgan. 

Fond birjasida SQB va Ipoteka bank aksiyalari bilan savdolar vaqtincha toʻxtatildi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Toshkent” Respublika fond birjasida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (SQB) hamda “Ipoteka-bank” ATIBning oddiy aksiyalari bilan savdolar vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 6–19 yanvar kunlari oraligʻidagi 10 ish kuni davomida “Toshkent” Respublika fond birjasining Main Board savdo maydonchasida “Oʻzsanoatqurilishbank”ning oddiy aksiyalari narxi 146,28 foizga oshgan. Xuddi shu davrda “Ipoteka-bank”ning oddiy aksiyalari qiymati 132,38 foizga koʻtarilgan.

Mazkur holatni har tomonlama oʻrganish hamda aksiyalar narxining keskin oʻsishiga taʼsir etgan omillarni tahlil qilish maqsadida, Qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalarining 1687-bandiga muvofiq, 2026 yil 21 yanvardan boshlab ushbu banklarning oddiy aksiyalari bilan savdolar vaqtincha toʻxtatilgan.

Birja rasmiy xabarida taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy kanallari orqali eʼlon qilinadi.


Yil boshidan buyon Oʻzbekiston fond bozorida bank aksiyalarining sezilarli oʻsishi kuzatilmoqda. Xususan, 2026 yil yanvar oyi boshidan beri “Ipak yoʻli banki” aksiyalari kotirovkalari 65,4 foizga, “Ipoteka-bank” aksiyalari 146,0 foizga, “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyalari esa 195,4 foizga oshgan.

Kap Depo investitsiya kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, 16 yanvar holatiga “Ipoteka-bank”ning bozor kapitallashuvi 828 mln dollarni, “Oʻzsanoatqurilishbank”niki esa 549 mln dollarni tashkil etgan. Shuningdek, “Hamkorbank” va Ipak Yuli Bank’ning bozor kapitallashuvi ham sezilarli darajada oshib, mos ravishda 618 mln va 675 mln dollarga yetgan.


 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+