12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

14 400.040 so‘m

decrease

-142.760

162.630 so‘m

increase

1.560

12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

3 kun avval
Iqtisodiyot

Federal apellyatsiya sudi Tramp tariflarini vaqtincha tikladi

Avvalroq, AQSh xalqaro savdo sudi Tramp tariflarini noqonuniy deb topib, ularni bekor qilish uchun hukumatga 10 kun bergan edi.

Federal apellyatsiya sudi Tramp tariflarini vaqtincha tikladi

Federal apellyatsiya sudi 30 may kuni Prezident Donald Trampning eng keng qamrovli boj tariflarini vaqtincha qayta tikladi. Bu haqda Reuers xabar berdi.

Bu qaror AQSh savdo sudi Tramp vakolatlarini oshirib yuborgan deb topib, tariflarni darhol toʻxtatishga buyruq berganidan bir kun oʻtib qabul qilindi.

Vashingtondagi AQSh Federal Okrug Apellyatsiya sudi quyi sud qarorini vaqtincha toʻxtatib turishga va hukumatning apellyatsiyasini koʻrib chiqishga qaror qildi hamda daʼvogar taraflardan 5 iyungacha, Tramp maʼmuriyatidan esa 9 iyungacha javob taqdim etishni soʻradi.

29 may kuni eʼlon qilingan AQSh Xalqaro savdo sudi qarori Trampning “Ozodlik kuni tariflari” deb atalgan bojlarni aksariyat savdo hamkorlariga nisbatan joriy etishini bekor qilishi yoki kechiktirishi xavfini tugʻdirgan edi. Bu tariflarning bir qismi Kanada, Meksika va Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan qoʻllanilishi kerak edi. Tramp bu davlatlarni AQShga fentanil oqimini kuchaytiryotganlikda ayblagan edi.

Savdo sudining uch hakamdan iborat hayʼati Konstitutsiyaga koʻra boj va soliq solish vakolati Kongresska tegishli ekanini, prezident esa xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunni notoʻgʻri qoʻllaganini aytib, vakolatini oshirib yuborganini bildirdi. Bu qonun milliy favqulodda holatlar yuzaga kelganda tahdidlarni bartaraf etish uchun moʻljallangan.

Tramp maʼmuriyatining yuqori lavozimli rasmiylari savdo sudi qaroridan choʻchimaganliklarini aytishdi. Ularning fikricha, apellyatsiyada gʻalaba qozonish yoki tariflarni amalga oshirish uchun prezidentlik vakolatlarining boshqa shakllaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

Tramp boshqa davlatlar bilan savdo muzokaralarida bosim sifatida tariflar tahdididan foydalangan edi. Savdo sudi qarori esa bu strategiyani izdan chiqarishi mumkin. Shunga qaramay, Tramp maʼmuriyati bu qaror yaqin kunlarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan asosiy savdo hamkorlari bilan muzokaralarga taʼsir qilmasligini bildirdi.

Trampning oʻzi esa ijtimoiy tarmoqlarda yozgan bayonotida AQSh Oliy sudi “bu dahshatli, mamlakatga tahdid soluvchi qarorni” bekor qilishiga umid qilayotganini aytdi va sud tizimini antiamerikalik deb tanqid qildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+