11 891.180 so‘m

decrease

-46.710

13 753.340 so‘m

decrease

-15.820

141.830 so‘m

increase

0.070

11 891.180 so‘m

decrease

-46.710

Yaqin 1 soat ichida
Iqtisodiyot
27

Dollar rasmiy kursi 2023 yil avgustidan beri eng past darajaga tushdi

18 avgustdan AQSh dollarining rasmiy kursi 33,83 soʻmga pasayib, 11 857,35 soʻmni tashkil etadi. Bu 2023 yil 11 avgustidan beri qayd etilgan eng past koʻrsatkich hisoblanadi.

Dollar rasmiy kursi 2023 yil avgustidan beri eng past darajaga tushdi

Markaziy bank AQSh dollarining soʻmga nisbatan yangi rasmiy kursini eʼlon qildi. Unga koʻra, 18 avgustdan:

  • 1 AQSh dollari — 11 857,35 soʻm;
  • 1 yevro — 13 745,57 soʻm;
  • 1 Rossiya rubli — 141,33 soʻm etib belgilandi.

Dollar kursi bir kunda 33,83 soʻmga, avvalgi ikki savdo sessiyasi davomida esa jami 80,54 soʻmga pasaydi.

Yangi koʻrsatkich 2023 yil 11 avgustidan beri eng past daraja boʻldi. Oʻshanda Amerika valyutasi bir kunda 408,03 soʻmga qimmatlab, 11 667 soʻmdan 12 075,03 soʻmga koʻtarilgan edi.

Taqqoslash uchun, 2026-yilning dastlabki rasmiy kursi 12 004,41 soʻmni tashkil etgan. Shu tariqa, yil boshidan buyon dollar 147,06 soʻmga yoki 1,2 foizga arzonladi.

Soʻmning mustahkamlanishi ichki bozorda xorijiy valyuta taklifi oshayotgan bir paytga toʻgʻri kelmoqda. Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 2026-yilning birinchi yarmida banklar aholidan $12,3 mlrd valyuta sotib olgan, aholiga esa $6,8 mlrd sotgan. Natijada jismoniy shaxslar segmentidagi sof valyuta taklifi $5,5 mlrdni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+