12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

14 400.040 so‘m

decrease

-142.760

162.630 so‘m

increase

1.560

12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

16 soat avval
Iqtisodiyot

Dollar kursi soʻnggi sakkiz oy ichidagi eng past nuqtaga yetdi

AQSh dollari kursi soʻnggi uch kun ichida 170 soʻmdan koʻproqqa arzonlab, 2024-yil oktabridan beri eng past darajani koʻrsatdi. Buning asosiy sabablari nimalardan iborat?

Dollar kursi soʻnggi sakkiz oy ichidagi eng past nuqtaga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil 29 maydan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi. Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 62,87 soʻmga kamayib, 12 768,26 soʻmni tashkil etdi. Shunday qilib dollar kursi uch kun ichida 171, 67 soʻmga arzonladi.

Mazkur koʻrsatkich 2024 yil oktabr oyidan buyon qayd etilgan eng past daraja boʻlib, oʻtgan yilning 13 oktabrida ham kurs deyarli shu miqdorni tashkil etgan edi.

Valyuta kurslari quyidagicha belgilandi:

  • AQSh dollari — 12 768,26 soʻm (-62,87 soʻm)
  • Yevro — 14 400,04 soʻm (-142,76 soʻm)
  • Rossiya rubli — 161,07 soʻm (+0,20 soʻm)
  • Funt sterling — 17 197,57 soʻm (-138,57 soʻm)

Dollar kursining pasayishiga nima sabab boʻlmoqda?

Soʻnggi oylarda AQSh dollarining global bozordagi qadrsizlanishi kuzatilmoqda. Bunga, xususan, AQShda siyosiy beqarorlik va iqtisodiy siyosatdagi oʻzgarishlar, shuningdek, dollar indeksining bir necha yillik eng past darajaga tushib ketgani sabab boʻlmoqda. Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston milliy valyutasi — soʻmning nisbiy mustahkamlanishiga zamin yaratmoqda.

Bundan tashqari, xorijdan yuborilayotgan pul oʻtkazmalari hajmi ham keskin ortgan. 2025 yilning birinchi choragida ularning umumiy miqdori 32 foizga oʻsib, 3,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich milliy valyutaga boʻlgan talabni kuchaytirib, uni barqarorlashtiruvchi omil sifatida namoyon boʻlmoqda.

Pul oʻtkazmalarining ortishiga Rossiya rublining dollarga nisbatan mustahkamlanishi ham taʼsir koʻrsatmoqda, bu esa dolzarb valyutalar oʻrtasidagi nisbatlarga bevosita taʼsir qiladi.


Avvalroq, S&P Global reyting agentligi kelgusi uch yildagi rasmiy kursi boʻyicha prognozlarini taqdim etgan edi

Unga koʻra dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:

  • 2025 yilda — 13,566 soʻm
  • 2026 yilda — 14,244 soʻm
  • 2027 yilda — 14,957 soʻm
  • 2028 yilda — 15,704 soʻm

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+