11 814.050 so‘m

increase

11.860

13 482.190 so‘m

decrease

-45.480

139.930 so‘m

increase

0.060

11 814.050 so‘m

increase

11.860

1 soat avval
Bank
56

Davlat banklariga bir oy ichida 20 ta yangi bank mahsulotini taklif qilish topshirildi

Oʻzbekistondagi toʻqqizta davlat bankiga bir oy ichida biznesni oʻstirishga koʻmaklashadigan 20 ta yangi bank mahsulotini taklif etish vazifasi qoʻyildi. Yangi yondashuvda kredit ajratishda garovdan tashqari biznesning real pul oqimi, shartnomalari, debitorlik qarzi va tovar aylanmasi ham hisobga olinadi.

Davlat banklariga bir oy ichida 20 ta yangi bank mahsulotini taklif qilish topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 sentabr kuni Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda davlat banklarini mijozlar biznesini oʻstirish tamoyili asosida transformatsiya qilish zarurligi taʼkidlandi. Xususan, banklar anʼanaviy garov va barcha mijozlar uchun bir xil standart shartlar bilan cheklanib qolmasligi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yil boshidan buyon garov yoki kafil topa olmagan 35 ming kishiga kredit berilmagan. Shu sababli kreditlashda tadbirkorning real pul oqimi, buyurtma va shartnomalari, debitorlik qarzi, tovar aylanmasi hamda biznes zanjiridagi oʻrniga asoslangan moliyaviy mahsulotlarni keng joriy qilish belgilandi.

Xususan, kichik tadbirkorning lider korxona yoki yirik buyurtmachi bilan tuzgan uzoq muddatli shartnomasi kredit taʼminoti sifatida qabul qilinadi.

500 mln soʻmgacha boʻlgan loyihalarni kreditlashda esa biznes-reja talab etilmaydi. Kredit garovga emas, biznesning pul oqimiga qarab ajratiladi.

Eksportbop mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo xarid qilishga beriladigan kreditlarda sugʻurta polisining oʻzi garov sifatida yetarli boʻladi.

Shu bilan birga, toʻqqizta davlat bankiga bir oy ichida biznesni oʻstirishga koʻmaklashadigan 20 ta yangi bank mahsulotini taklif etish topshirildi. Mahalla bankirlari yangi xizmatlarni aholi va tadbirkorlarga tushuntirib boradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+