11 979.830 so‘m

decrease

-1.980

13 904.990 so‘m

increase

25.260

164.990 so‘m

decrease

-0.140

11 979.830 so‘m

decrease

-1.980

Yaqin 30 daqiqa ichida
Bank
40

Click’ning 2025 yildagi sof foydasi 376 mlrd soʻmga yetdi

Click 2025 yilda 702,6 mlrd soʻm tushum olib, 375,8 mlrd soʻm sof foyda koʻrdi. Kompaniya aktivlari bir yil davomida 203,5 mlrd soʻmga oshib, 636,9 mlrd soʻmga yetgan, majburiyatlari esa 71,7 mlrd soʻmga qisqarib, 275,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Click’ning 2025 yildagi sof foydasi 376 mlrd soʻmga yetdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Click’ning 2025 yilda mijozlar bilan tuzilgan shartnomalardan olgan tushumi 702,6 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu 2024 yildagi 516,4 mlrd soʻmga nisbatan 36,1 foizga yoki 186,2 mlrd soʻmga koʻp.

Kompaniyaning operatsion foydasi 28,2 foizga oshib, 368 mlrd soʻmga yetdi. Soliq toʻlashdan oldingi foyda 383,1 mlrd soʻmni, yil yakunidagi sof foyda esa 375,8 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Taqqoslash uchun, 2024 yilda Click 295,1 mlrd soʻm sof foyda olgan edi. Shu tariqa kompaniyaning foydasi bir yil ichida 27,3 foizga yoki 80,7 mlrd soʻmga koʻpaygan.

Shu bilan birga, xarajatlar tushumga nisbatan tezroq oʻsgani sababli sof foyda marjasi 57,1 foizdan 53,5 foizgacha pasaygan. Xususan, xodimlar uchun xarajatlar 51,7 foizga oshib, 134,4 mlrd soʻmga yetdi. Tranzaksiya xarajatlari 2,3 barobar koʻpayib, 74 mlrd soʻmni, IT-platformalar uchun toʻlovlar esa 14,7 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Reklama xarajatlari esa aksincha, 2,8 foizga kamayib, 58,1 mlrd soʻm boʻlgan.

Aktivlar qariyb 47 foizga oshdi

2025 yil yakunida Click’ning jami aktivlari 636,9 mlrd soʻmga yetdi. Bir yil avval bu koʻrsatkich 433,5 mlrd soʻm edi. Shu tariqa kompaniya aktivlari 46,9 foizga yoki 203,5 mlrd soʻmga oshgan.

Kompaniya balansidagi pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari 45,1 foizga koʻpayib, 372,2 mlrd soʻmga yetdi. Nomoddiy aktivlar esa ikki barobardan koʻproqqa oshib, 124,9 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Click’ning oʻz kapitali 2024 yildagi 85,7 mlrd soʻmdan 361,3 mlrd soʻmgacha koʻpaygan. Bunda taqsimlanmagan foydaning 340,4 mlrd soʻmga yetgani hamda ustav kapitalining 10 mlrd soʻmdan 20 mlrd soʻmga oshirilgani asosiy omillardan boʻlgan.

Kompaniyaning jami majburiyatlari esa 20,7 foizga kamayib, 275,7 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Click 2025 yilda operatsion faoliyatdan soliqlar toʻlanganidan keyin 424,5 mlrd soʻmlik sof pul oqimini shakllantirgan. Bu 2024 yildagi koʻrsatkichdan 12,7 foizga yuqori.

Investitsiya faoliyatiga 79,2 mlrd soʻm, moliyaviy faoliyatga esa 229,3 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan. Natijada kompaniyaning pul mablagʻlari yil davomida 116 mlrd soʻmga koʻpaygan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+