12 051.710 so‘m

increase

88.930

14 008.910 so‘m

increase

121.320

154.690 so‘m

increase

0.750

12 051.710 so‘m

increase

88.930

26-iyun, 2025
Bank
321

Citigroup Toshkentda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda

AQShning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri — Citigroup Toshkent shahrida oʻz vakolatxonasini ochishni koʻzlamoqda. 

Citigroup Toshkentda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

AQShning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri — Citigroup Toshkent shahrida oʻz vakolatxonasini ochishni koʻzlamoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 25 iyun kuni vazirlikda Citigroup’ning mijozlar bilan ishlash boʻyicha bosh direktori Devid Livingston boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan. Tomonlar Oʻzbekistonga investitsiyalarni jalb etish, eksportni rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.

Uchrashuvda Citigroup yaqin kunlarda Toshkent shahrida vakolatxona ochishni rejalashtirayotgani taʼkidlangan.

Mazkur kompaniyaning Oʻzbekiston bozoriga qiziqishi yangi emas. Xususan, Citigroup bir necha yirik korxonalarning xalqaro fond bozorlariga chiqishida va IPO jarayonlarida konsultant sifatida ishtirok etgan. 

Jumladan, “Navoiyuran” tomonidan chiqarilishi rejalashtirilayotgan 300 million yevro miqdoridagi yevrobondlar Citigroup va boshqa moliyaviy tashkilotlar hamkorligida joylashtiriladi. Shuningdek, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” tomonidan chiqarilgan 500 million dollarlik obligatsiyalar boʻyicha bukrannerlik (asosiy joylashtiruvchi) funksiyasini ham aynan Citigroup bajargan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+