12 547.380 so‘m

decrease

-34.590

14 665.380 so‘m

decrease

-32.880

157.020 so‘m

decrease

-0.730

12 547.380 so‘m

decrease

-34.590

30-iyul, 12:33
Texnologiya

ChatGPT endi robotlarni aniqlaydigan onlayn tekshiruv tizimlarini aldab oʻta oladi

ChatGPT’ning yangi Agent modeli foydalanuvchi oʻrniga mustaqil harakat qilib, hatto “Men robot emasman” (reCAPTCHA) kabi tekshiruvlardan ham bemalol oʻta boshladi.

ChatGPT endi robotlarni aniqlaydigan onlayn tekshiruv tizimlarini aldab oʻta oladi
Foto: AI / Pinkod.uz

ChatGPT endilikda foydalanuvchi inson ekanligini aniqlash uchun moʻljallangan onlayn tekshiruv tizimlarini aldab oʻta oladi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda. 

AI chat-botning eng soʻnggi versiyasi shaxsiy yordamchi sifatida harakat qiladi. Yangi model onlayn xarid qilish, restoran band qilish va uchrashuvlarni rejalashtirish kabi harakatlarni mustaqil amalga oshirish imkonini beradi.

OpenAI bu yutuqni “texnologiyaning tabiiy evolyutsiyasi” deb baholagan. Ayni paytda ushbu yangi imkoniyatlar faqat Pro, Plus va Team tarif rejalarida mavjud boʻlib, foydalanuvchilar oʻz taassurotlari bilan boʻlishmoqda. Ularning aytishicha, ChatGPT xavfsizlik tizimlaridan osonlik bilan oʻtib, onlayn platformalarda botlarga qarshi qoʻllaniladigan tekshiruvlarni bemalol aylanib oʻtmoqda.

Masalan, Reddit platformasida foydalanuvchilardan biri ChatGPT qanday qilib Cloudflare’ning “Men robot emasman” (reCAPTCHA) tekshiruvini aylanib oʻtganini taʼriflab bergan. AI:

“Men Cloudflare’dagi “Men robot emasman” katagiga belgi qoʻyaman, chunki bu keyingi bosqichga oʻtish uchun kerak”, — deb izoh bergan.

Cloudflare tizimi asosan saytlarni avtomatlashtirilgan botlardan himoya qilish uchun ishlatiladi. Ushbu tizim odatda murakkab CAPTCHA jumboqlari bilan birga ishlaydi, ammo sunʼiy intellektning bunday imkoniyatlari ushbu mexanizmlarni qayta koʻrib chiqishga undashi mumkin.

Shunga qaramay, OpenAI oʻz bayonotida xavfsizlikka ustuvor ahamiyat berilishini taʼkidladi. Ularning aytishicha, ChatGPT foydalanuvchi roziligisiz hech qanday muhim harakatni bajarmaydi va istalgan vaqtda toʻxtatilishi mumkin.

“Endi ChatGPT sizning kompyuteringiz orqali murakkab vazifalarni boshidan oxirigacha mustaqil bajarishi mumkin. U veb-saytlarda harakatlanadi, natijalarni tahlil qilib, filtrlaydi, sizdan login kiritishni soʻraydi, kod ishga tushiradi va topilmalarni taqdimot yoki jadval koʻrinishida sizga yetkazadi”, — deyiladi OpenAI blogida.

OpenAI AI texnologiyalariga berilayotgan bunday erkinliklar maʼlum xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligini tan olgan. Shu sababli kompaniya xavfsizlik choralarini kuchaytirganini bildirgan.

“Jonli vebda maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash, keng foydalanuvchi doirasini qamrab olish va (cheklangan) terminal orqali tarmoqqa kirish kabi xavfli holatlar uchun qoʻshimcha himoya mexanizmlari joriy etildi, — deyiladi bayonotda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+