12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

14 400.040 so‘m

decrease

-142.760

162.630 so‘m

increase

1.560

12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

23-may, 11:55
Bozor

BYD ilk marotaba Yevropada Tesla’dan koʻproq elektromobil sotdi

Joriy yil aprel oyida BYD Yevropada 7 231 ta elektromobil sotib, Tesla’dan oʻzib ketishga muvaffaq boʻldi. BYD savdosi oʻtgan yilga nisbatan 169 foizga oʻsgan boʻlsa, Tesla’da bu koʻrsatkich 49 foizga pasaydi.

BYD ilk marotaba Yevropada Tesla’dan koʻproq elektromobil sotdi
Foto: AI / Pinkod.uz

BYD Yevropada birinchi marta Tesla’dan koʻproq elektromobil sotishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Uzoq yillardan beri qitʼadagi elektromobil bozorida yetakchi boʻlib kelgan Amerika brendi bu safar Xitoyning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisidan ortda qoldi.

Jato Dynamics maʼlumotlariga koʻra, BYD joriy yilning aprel oyida Yevropada 7 231 ta yangi batareyali elektromobilni roʻyxatdan oʻtkazgan. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan 169 foiz koʻp. Natijada, BYD elektromobil sotuvlari boʻyicha eng yaxshi 10 brend qatoriga kirdi. Tesla esa bir pogʻona pastga tushdi, chunki uning sotuvi 49 foizga kamaygan.

Jato Dynamics tahlilchisi Felip Munos bu holatni quyidagicha izohladi: “Har ikkala brendning sotuv koʻrsatkichlari orasidagi farq katta boʻlmasligi mumkin, lekin bu voqea Yevropa avtomobil bozorida muhim burilish sanaladi.”

Tesla pasayishda davom etayotgan bir paytda, Yevropaning umumiy elektromobil bozori oʻsishda davom etmoqda. Masalan, Volkswagen elektromobil sotuvini 61 foizga oshirgan boʻlsa, uning tarkibidagi Skoda brendi esa sotuvni uch karra koʻpaytirgan.

Agar BYD’ning gibrid elektromobillari ham hisobga olinsa, kompaniya Tesla’dan ancha katta farq bilan oldinga chiqqan. Jato’ning xabar berishicha, BYD’ning umumiy sotuvlari 359 foizga oshgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+