12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

2 kun avval
Bozor

Bitcoin narxi tarixda ilk marotaba $124,000 dan yuqoriga chiqdi

Bitcoin 14-avgust kuni $124,000 dan oshib, tarixdagi eng yuqori darajani yangiladi va qisqa muddatga kapitalizatsiya jihatidan Google’ni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat beshinchi aktiviga aylandi.

Bitcoin narxi tarixda ilk marotaba $124,000 dan yuqoriga chiqdi
Foto: AI / Pinkod.uz

14 avgust kuni Bitcoinnarxi $124,000 dan oshib, yangi rekord darajaga yetdi.

Kriptoaktiv qisqa muddatga Googlening $2,488 trillionlik bozor kapitallashuvini ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat beshinchi aktiviga aylandi. 

CoinMarketCap maʼlumotlariga koʻra, BTC kun davomida maksimal $124,457.12 darajasigacha koʻtarildi. Xabar tayyorlanayotgan paytda esa narx biroz pasayib, $120,900 atrofida savdo qilinmoqda.

Dunyoning ikkinchi yirik kriptovalyutasi Ethereum ham keskin oʻsib, 2021-yilda qayd etilgan choʻqqisiga yaqinlashdi.

Mutaxassislar bunday oʻsishning asosiy omillari sifatida AQSh CPI inflyatsiyasi kutilganidan pastroq boʻlishi va Prezident Donald Trampning bosimi natijasida kelasi oy foiz stavkalari pasayishi mumkinligi haqidagi prognozlarni koʻrsatmoqda. Bu omillar investorlar ishonchini oshirib, Bitcoin’ni yangi rekord darajaga olib chiqdi.

Korporativ talab ham oʻsishni qoʻllab-quvvatladi. Dunyodagi eng yirik korporativ BItcoin egalari orasida oltinchi oʻrinda turuvchi kompaniya Metaple Inc. bu hafta $60 millionlik yangi xaridni eʼlon qildi va qoʻshimcha sotib olishlar uchun milliardlab dollar yigʻmoqda. MicroStrategy esa avgust boshida yirik hajmdagi Bitcoin xaridini tasdiqlab, umumiy zaxirasini 628,946 tangaga yetkazdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+